Yelkan kapalaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yelkan Kapalaklardan yoʻnaltirildi)

Yelkan kapalaklar (Papilionidae) — kunduzgi kapalaklar oilasi. Qanotlari yozilganda kengligi 25 sm gacha (Papilio homerus) boradi. Qanotining rangi tiniq, juda turli-tuman, ayrim tropik turlarida (Ornithohoptera) yaltiroq; orqa qanotlarida koʻpincha "dum" shaklida oʻsimtasi boʻladi. Hamma qitʼalarda tarqalgan, ayniqsa tropik mintaqalarda koʻp uchraydi. 550 dan ortiq turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 18 turi uchraydi. Ular orasida Papilio avlodi turlaridan maxaon (R. machaon) ayniqsa keng tarqalgan; uning qanoti sariq, chetlari keng qora hoshiyali; qurti katta, koʻk, semiz tanasida koʻndalang qora chiziqlar va qizil nuqtalar bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil