Yelkantepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yelkendepedan yoʻnaltirildi)

Yelkantepa, Yelkendepe — Kopetdogʻ etaklari (Turkmaniston)da joylashgan jez davri arxeologik yodgorligi. Qishloqda hayot mil. av. 7—6-asrlarda taraqqiy etgan. Bu davrda qishloq markazida bal. 6 m, diametri 130 m ga yetadigan hisor qad koʻtargan. Hisorning atrofidagi 500x290 m ga choʻzilgan maydonda atrofi devor bilan oʻrab olingan aholi turar joylari joylashgan. Devor oldiga xandaq qazilgan. Keyinchalik Ye.dagi aholi koʻpayib, qishloqning kengayishi tufayli u yangi devor bilan oʻralgan. Ye.dagi mudofaa devorlari qoʻshaloq boʻlib, umumiy qalinligi 10,5 m ga yetgan, devorlarning orasida kengligi 6 m li yoʻlak boʻlgan. Shunday devor hisor atrofiga ham qurilgan. Ular toʻgʻri burchakli xom gʻishtdan bunyod etilgan. Ye.dan temirdan (pichoqlar, yponyiap), jezdan (paykonlar), toshdan (yorgʻuchoqlar) qilingan buyumlar, mis eritish, temirni qayta ishlash ustaxonalari qoldiqlari saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil