Kontent qismiga oʻtish

Yelik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yenglikdan yoʻnaltirildi)

Yelik (Capreolus capreolus) — kiyiklar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon, Ye. urugʻining yagona turi.

Urgʻochisi tanasining uz. 140 sm gacha, boʻyi 90 sm gacha, ogʻirligi 55 kg gacha. Erkaklari kichikroq, dumi kalta, 3, baʼzan 4 qisqa butoqli kichik shoxi bor. Yozgi juni juda kalta va silliq, orqasi sargʻish-malla, biqinlaridagi juni oqish. Koʻkragi, qorni va oyoklari sargʻish. Qishki juni uzun, orqasi qorniga nisbatan qoramtir, qoʻngʻir tusda tovlanadi. Sonida oq dogʻi bor. Ye. Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Yozda oʻtloklar va togʻ yon bagʻirlarida yashaydi. Qishda togʻdan vodiylarga tushadi. Koʻpincha 2 ta, baʼzan 3 ta bola tugʻadi. Ye. daraxt bargi va novdalari, rezavormevalar, yoʻsin hamda lishayniklar bilan oziqlanadi. Mazali goʻshti va terisi uchun ovlanadi. 2 kenja turi: Yevropa Ye. (S. s. capreolus) va Sibir Ye. (S. s. pygargus) bor. Oʻzbekistonda faqat Toshkent viloyatining togʻli hududlarida uchraydi. YeLIK, englik — tandirga non yopishda ishlatiladigan anjom. Non yopishda qoʻlni tandir issigʻidan ximoya qilish uchun kiyiladi. Uzunligi 30—40 sm gacha boʻladi. Chopon engi singari astar-avra qilib, paxta solib, kavilib tayyorlanadi.[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil