Kontent qismiga oʻtish

Gaz ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yer osti gaz omboridan yoʻnaltirildi)

Gaz ombori, yer osti gaz ombori — gaz saqlanadigan tabiiy yoki sunʼiy rezervuar. Yer usti va yer osti G. o.lariga boʻlinadi. Yer osti G.o. sanoat ahamiyatiga ega, chunki ularda katta miqsorda (bir necha mln.dan mlrd. m3 gacha) gaz saqlash mumkin. Yer osti G. o. samarasi juda yuqori hamda xavfsiz. G.o.ning xalq xoʻjaligida yoqilgʻiga boʻlgan mavsumiy talab oʻzgaruvchanligini meʼyorlashtirishda muhim iqtisodiy ahamiyati bor. Ularning bir turi neft yoki gazi tugagan boʻshliqlarda, Yerning suvli qatlamlarida (gaz suv ichiga qamaladi) qurilishi mumkin. Bunday omborlarda tabiiy gaz gaz holatida saqlanadi. Uning boshqa turi tashlandiq shaxta, tunnel, gʻorlar, konlarning qazilgan yoʻllarida quriladi. Togʻ jinslari boʻshliqdarida gaz aksariyat hollarda atrof haroratida va 0,8—1,0 Mn/m2 (8—10 kgk/sm2) va undan ortiq bosimda siqilgan holda saqlanadi. 60-yillardan boshlab tabiiy gazni sanoat miqyosida yer usti va yer osti omborlarida atmosfera bosi-mida, past haroratda, suyuq holatda saqlash qoʻllanadi. Ishlatib boʻlin-gan neft va gaz konlari oʻrnida quri-ladigan G. o. arzon hamda qulay hisoblanadi.

Birinchi yer osti G. o. 1915 yil Kanada-da ishlatib boʻlingan kon oʻrnida qurilgan. Gazni yer ostida saqlash AQSH da rivojlangan. Germaniya, Polsha, Fransiya va b. mamlakatlarda ham yer osti G. o.lari mavjud. Rossiyada dastlab 1958 yilda Samara viloyatida Bashkatov yer osti G.o. gazdan boʻshagan kon oʻrnida bunyod etilgan. I. A. Charnovning nazariy ishi asosida yer osti suvli qatlamlarida gaz saqlash texnologiyasi dunyoda birinchi bor ishlab chiqildi (Sankt-Peterburg, Gatchinsk T.o.; 1963). Shyolkovsk G. o. dunyodagi yirik G.o.lardan biri [3,0 mlrd. m3 gaz 11 Mn/m2 (PO kgk/sm2) bosimda saqlanadi].

Oʻzbekistonda asosan yer osti G. o.lari 60-yillar oʻrtalaridan "Oʻztransgaz" davlat birlashmasi tizimida kurila boshladi. 1965 yil Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida birinchi T.o.— Pol-toratsk G.o. yer osti suvli qatlamida quriddi (45 burgʻi qudugʻi boʻlib, 1995— 96 yilgi mavsumda olingan gaz hajmi 345 mln. m3 boʻldi). 1978 yilda esa Oʻzbekiston va Qirgʻiziston xududida 1-Shim.Soʻx G.o. bunyod etiddi (72 burgʻi qudugʻi boʻlib, 1996 yilda undan olingan gaz hajmi Oʻzbekistondagi barcha G.o.lardan olingan gazning 14% ni tashkil qildi). 1983 yildan Qirgʻizistonda Moylisuv G.o. qurildi (5 burgʻi qudugʻi bor; suv qatlamida yigʻilgan gaz radiusi 7—8 km ga boradi). 1984 yilda 2-Shim. Soʻx G.o. bunyod etilgan (45 burgʻi qudugʻi bor). 1988 yilga kelib Gazli G.o. quriddi (bu G.o. hajm jihatidan ancha katta boʻlib, 205 burgʻi qudugʻi bor). Bu G.o.dagi bosimning nihoyat pastli-gi (1,0 kgk/sm2) jahon tajribasidagi yagona holat sanaladi. 1999 yilda Xoʻjaobod G.o. (Andijon viloyati) ning 1-navbati ishga tushiriddi. Hoz. barcha G.o.larning imkoniyatlari gaz isteʼmolidagi mavsumiy oʻzgarishlarning 70— 75% ni tartiblashga yetadi. Yoqilgʻiga boʻlgan mavsumiy talab oʻzgaruvchanligini yanada barqarorlashtirish maqsadlarida yangi G.o. bunyod etish ustida (maye, Toshkent viloyatida yangi G.o. qurish boʻyicha) izlanishlar olib borilmoqda.

Akbarxoʻja Rahimov.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil