Kontent qismiga oʻtish

Viktor Yeryomenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Viktor Yemelyanovich Yeryomenko (1901.24.8, hozirgi Ukraina, Nikolayev viloyati — 1962.9.6, Toshkent) — agronom olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1956), professor (1954). Krasnodar qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1936). SoyuzNIXIda ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1942—54), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti umumiy dehqonchilik va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi kafedrasi mudiri (1954—61), ayni paytda OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrin-bosari (1954—56). Yeryomenkoning ilmiy ishlari gʻoʻza, beda va b. ekinlar agrotexnikasi masalalariga bagishlangan.[1]

  1. "Yeryomenko Viktor Yemelyanovich" OʻzME. Ye-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil