Kontent qismiga oʻtish

Yillik halqa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yillik Halqadan yoʻnaltirildi)

Yillik halqa, yillik qavatlar — 1) oʻsimliklarda ksilema (yogʻoch) ning oʻsish zonalari; yoz-qishning almashinishiga karab, kambiy faoliyatining oʻzgarishi natijasida vujudga keladi. Daraxtlarning poyasi, shoxi va ildizini koʻndalangiga kesib Y.h.ni koʻrish mumkin. Vegetatsiya davrining boshida hosil boʻlgan ksilema tuzilishi, rangi, yaltiroqligi, oʻlchami va b. mexanik xossalari bilan vegetatsiya davrining 2-yarmida hosil boʻlgan ksilemadan farq qiladi. Oʻsimlikning ildiz boʻgʻzini arralab va kesilgan joyidagi Y.h.lar soniga qarab, daraxt yoshini aniqlash mumkin: 2) hayvonlarda — baʼzi toʻqimalarda har yili rivojlanib, uzoq saqlanadigan (individning yoshini aniqlashga yordam beradigan) hosilalar. Y.h- uzoq vaqt rivojlangan va muhim oʻzgarishlarga uchramagan skelet tuzilmalarida hosil boʻladi. Mas, Y.H. baliq tangachalarida, mollyuska chigʻanoqlarida va sudralib yuruvchilar kalla suyagining yassi qismida, tirnoqlarda boʻladi. Y.h. soniga qarab, individning yoshi, u yo bu darajada kengligiga qarab, oʻsish surʼati aniqlanadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil