Yoʻl mashinalari
Yoʻl mashinalari — yoʻl qurilish ishlarish ishlatiladigan mashinalar. Y.m. ning oʻziyurar, oʻrnatma va tirkama (avtomobil, traktor va tyagachlarga tirkaladigan); tayyorlov ishlarida ishlatiladigan (daraxt qulatkich, tosh yigʻgich, yumshatkichlar) va tuproq ishlarida ishlatiladigan (buldozer, greyder, greyder-elevator, ekskavator, ariq qazigich, yoʻl gʻaltagi, titrama zichlagich, zichlagichlar) xillari bor. Gruntni qatlam-qatlam qilib zichlashda oʻzi agʻdargichlar, skreper va b. bilan keltirilgan material galtaklar, titrama galtak, shibbalagichlar bilan zichlanadi. Zaminni tayyorlashda, takomillashgan, yengil yoʻl qoplamalarini qurishda chaqiq tosh, shagʻal, lagich, yuvgich, beton qorgich va asfalt-beton qorgichlar; yoʻl zaminini va qop-lamasini hosil qiladigan mashinalar: betonni pardozlagichlar, gudronatorlar; yoʻlni taʼmirlovchi va uni yaxshi holatda saklovchi maxsus mashinalar: taʼmirlovchi avtogreyder va tekislagichlar, taʼmirlovchi gudronatorlar hamda bitum krzonlari, avtotaʼmirlovchilar, qum otgichlar, supirib-yigʻgichlar, suv sepish mashinalari, qor tozalash va b. mashinalar bor. Y.m.da avtomatik nazorat qilish qurilmalari va gidravlik yuritmalar qoʻllanadi. Y.m. yoʻl qurilish ishlarida, gidrotexnik, aerodrom, sanoat, fuqaro va qishloq xoʻjaligi qurilishida, kon sanoatida va b. da ham qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |