Kontent qismiga oʻtish

Yoʻldosh neft gazlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yo'lakay neft gazlaridan yoʻnaltirildi)

Yoʻldosh neft gazlari, yoʻlakay neft gazlari — neft va gaz uglevodorodlaridan hosil boʻlgan mahsulotlar sifatida tabiatda doimo birga uchraydigan gazlar. Har qanday neft uyumida maʼlum bir miqdorda gaz miqdori mavjud va u qatlam sharoitida neftda erigan holatda boʻladi. Neft yer yuzasiga chiqqan paytda u bilan birgalikda chiqadi.

Qatlam neftidan ajraladigan va uning harakat yoʻlida burgʻi qudugʻi ogʻzidagi asboblardan to neftni yigʻuvchi punkt rezervuarlarigacha ajraladigan gazlarning umumiy miqdori potensial gaz omili deb ataladi. Gaz omili qatlamda neftda erigan gaz miqdorini ifodalaydi va uning qatlamdagi miqdori zaxira sifatida hisoblanadi. Qatlamdagi gaz omilining miqdori va eriganlik darajasi qatlamning toʻyinganlik bosimiga bogʻliq. Demak, qatlamdan olinayotgan neft yer yuziga chiqqach, gazsiz neft va neft gaziga ajraladi. Neft bilan chiqadigan Y. n. g .ning 1 t neftga toʻgʻri keladigan miqdori bir necha m3 dan bir necha yuz kubometrgacha borishi mumkin. Bu miqdor neftning fizik xossalariga, qatlamning joylashish sharoitlari va rejimiga, qatlam bosimi va temperaturasiga hatto yil fasliga ham bogʻliq holda metan, etan, propan, butan, pentan va geksan gazlaridan tashkil topgan boʻladi (yezda Y. n. g . miqdori nisbatan koʻproq).

Y. n. g . tarkibi, asosan, toʻyingan uglevodorodlardan iborat. Aksariyat hollarda, bu gaz metan va etandan iborat boʻlib, ogʻir gazlar kam uchraydi va ularning miqdori ham kam.

[[Gazlar neftdan trap (neftni gazdan ajratadigan asbob) yordamida ajratiladi va burgʻi qudugʻidan quvur orqali olib ketilib, yoqib yuboriladi. Bu isrofgarchilikka va ekologiya muvozana-tining buzilishiga sabab boʻladi. Y. n. g .ni kon boʻyicha yigʻib, undan foyda-lanish maqsadga muvofiq (yana q. [[Gazlar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil