Kontent qismiga oʻtish

Hayitgul Yoʻldosheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yo'ldosheva Hayitguldan yoʻnaltirildi)

Hayitgul Yoʻldosheva (1948.8.10, Amudaryo tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1998). Leningrad universiteti kimyo-biologiya fakultetini tugatgan (1972). 1973-yildan Amudaryo tumanidagi 30-oʻrta maktabda (1975—85 yillar 48-oʻrta maktabda) kimyo-biologiya oʻqituvchisi. Yoʻldosheva kimyo fanidan darelarni chuqurlashtirilgan dastur asosida olib boradi. U test sinovlari asosida tashkil qilingan sinflarda dars-maʼruza, darssuhbat, seminar usullarini qoʻlladi; bu usullar oʻquvchilarning mustaqil fikrlashi, bilim doirasini kengayishida oʻz samarasini koʻrsatdi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil