Kontent qismiga oʻtish

Yoʻl jamgʻarmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yo`l jamg`armasidan yoʻnaltirildi)

Yoʻl jamgʻarmasi - umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlaydigan mustaqil moliya-kredit davlat muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 y. 5 iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan. "Oʻzavtoyoʻl" konserni tarkibida.

Respublika Y.j. shirkat xoʻjaliklari, kooperativlar, transport, qurilish korxonalari, tashkilotlari, savdo, bank muassasalari va b.ning daromadi (foydasi)dan ajratmalar (1%), "Oʻzavtoyoʻl" konserni tarkibidagi korxonalar, birlashmalar daromadlaridan ajratmalar, avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun olinadigan toʻlovlardan va b. mablaglardan shakllanadi.

Y.j. mablagʻlari respublika byudjeti tarkibiga kirmaydi va olib qoʻyilishi mumkin emas, shuningdek, ularga soliq solinmaydi. Y.j. mablagʻlari yirik obʼyektlar qurilishlariga, respublika umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini (44 ming km dan ortiq, 2002) qurish, taʼmirlash ishlariga va b. yoʻl ehtiyojlari uchun sarfla-nadi. Y.j. mablagʻlari 63 mlrd. soʻmni tashkil etdi (2001; 2000 yilda 52 mlrd. soʻm). Tohirjon Mirzayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil