Kontent qismiga oʻtish

Yoʻl qurilishi ishlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yo`l qurilishi ishlaridan yoʻnaltirildi)

Yoʻl qurilishi ishlari - avtomobil yoʻllarini qurishdagi kompleks ishlar; tayyorlov va asosiy ishlarga boʻlinadi. Tayyorlov Y.q.i. da qurilish uchastkasi buta, toʻnka yoki toshlardan tozalanadi, quruvchilarga vaqtinchalik turarjoy, maishiy inshootlarni qurish va b. amalga oshiriladi. Asosiy Y.q.i. yoʻl qurilishiga kerak boʻladigan materiallarni tayyorlab beradigan tayyorlash ishlariga va ularda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish ishlariga boʻlinadi. Tayyorlash ishlariga karyerlardan yoʻllarni qurish uchun kerak boʻladigan tosh yoki boshqa materiallarni qazib olish va ularga ishlov berish ishlari, shuningdek, beton qorishmalar, yoʻl plitalari, quvurlar, koʻprik konstruksiyalari va b. tayyorlanadigan ixtisoslashtirilgan korxonalardagi ishlar kiradi. Qurilish-montaj ishlariga bevosita yoʻl trassasida amalga oshiriladigan ishlar: yoʻl toʻshamasini tayyorlash, sunʼiy inshootlar (tunnel, yoʻl oʻtkazgichlar, koʻpriklar) qurish, yoʻl qoplamasini yotqizish, yoʻl chetini tekislash, nishab va oʻyiqlarni mustahkamlash, yoʻl belgilari, toʻsikdar oʻrnatish va b. Y.q.i. yoʻl trassasidagi ish hajmini bir tekisda taqsimlab va kichik yoʻl uchastkasidagi katta hajmdagi ishlar (Mas, baland toʻkmalar barpo qilish) ni bajarib amalga oshiriladi. Yoʻl qoplamasining xiliga qarab Y.q. i. texnologiyasi tur-licha boʻladi. Mas, asfalt-beton yotqizishda asosning pastki qatlamiga qum sepib, ustki qalamiga sement qoʻshilgan shagʻal yotqiziladi, ikki qatlam bitum mineral va asfalt-beton aralashmasi yotqiziladi. Y.Q-i. yoʻl mashinalari yordamida potok usulda bajariladi.

  • Moilevich V. M., Osnovi organizatsii dorojno-stroitelnix rabot, M., 1975.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil