Kontent qismiga oʻtish

Fayzulla Yoʻldoshev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yo`ldoshev Fayzulladan yoʻnaltirildi)

Fayzulla Yoʻldoshev (1912.15.9, Turkiston shahri — 1991 Namangan tumani) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, leytenant. 1942-yildan frontda. 42-oʻqchi polkida boʻlinma komandiri boʻlib xizmat qilgan. Yoʻldoshev 1943-yil 27-sentabrda Dnepr boʻyidagi jangda jasorat koʻrsatgan. Razvedkada qatnashib, dushman haqida muhim maʼlumot toʻplagan. Dneprning oʻng qirgʻogʻidagi janglardan birida ogʻir yaralangan. Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943). Urushdan keyin Namangan viloyatining Irvadan qishlogʻida yashagan, oʻrta maktabda direktor boʻlib ishlagan. Namangan tumanidagi 32-maktabga nomi berilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil