Kontent qismiga oʻtish

Yoʻloʻtan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yo`lo`tandan yoʻnaltirildi)

YoʻloʻtanTurkmanistonning Mari viloyatidagi shahar (1939 yildan). Yoʻloʻtan tumani markazi. Temir yoʻl stansiyasi. Murgʻob daryosining quyi oqimida, Mari sh.dan 61 km janubda, Mari — Sarhadobod yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 27 ming kishi (1999). Yoʻloʻtan 1939 yil gacha temir yoʻl stansiyasi yonidagi aholisi, asosan, savdo-sotiq bilan shu-gʻullanadigan qishloq boʻlgan. 1940—60 y.larida Yoʻloʻtan yaqinida Sariyozi suv om-bori qurilgan. Shaharda paxta tozalash zavodi, trikotaj, ip yigiruv fabrikalari, sut zavodi, mol fermalari bor. Paxta urugʻchiligi va seleksiyasi boʻyicha ilmiy tadqiqot instituti faoliyat koʻrsatadi. 6 umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona, maishiy xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalari bor. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil