Kontent qismiga oʻtish

Yogʻ-moy sanoati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yog'-Moy Sanoatidan yoʻnaltirildi)

Yogʻ-moy sanoati — oziqovqat sanoatining oʻsimlik moyi i. ch., yogʻlarni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, glitserin, margarin, mayonez, xoʻjalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va b. mahsulotlar tayyorlashni oʻz ichiga oladigan tarmogʻi. Oʻzbekistonda Yo.m.s. oziqovqat sanoatining yetakchi tarmoqdaridan hisobanadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. OʻzRda Yo.m. s. rivojlanishi paxta yetishtirishning oʻsishi bilan bogʻliq boʻlgani sababli yogʻ-moy korxonalari xom ashyoga yaqin yerlarga qurilgan va respublikaning hamma viloyatlarida (Navoiy viloyatidan tashqari) mavjud. Oʻzbekistonning zamonaviy Yo.m. s.da yiliga 3,5 mln. tonna chigit va b. moyli oʻsimliklar urugʻlarini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 21 korxona ishlaydi (2001). Korxonalar "Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi, tarmoqdagi eng yirik korxonalar: "Yangiyoʻl yogʻmoy", "Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy", "Buxoro yogʻekstraksiya", "Qarshi yogʻekstraksiya", "Qoʻqon yogʻ-moy", "Fargʻona yogʻ-moy", "Andijon yogʻ-moy", "Asaka ekstraksiya", "Uchqoʻrgʻon yogʻekstraksiya", "Namangan yogʻekstraksiya", "Toshmargyogʻ" (Toshkent sh.), "Surxonoziqovqatsanoat" (Denov sh.), "Guliston yogʻekstraksiya", "Kogon yogʻekstraksiya", "Urganch yogʻ-moy", "Koson yogʻekstraksiya", "Xoʻjaylimoy", "Yogʻgar" (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy sh.), "Chimboymoy" aksiyadorlik jamiyatlari. Korxonalarda jami 227 ming t oʻsimlik moyi ishlab chiqarildi (2000). Oʻrta Osiyoda juda qadimdan turli oʻsimliklar, moyli ekinlar urugʻlaridan yogʻ olish bilan shugʻullanib kelingan. Yogʻ asosan juvozpasha olingan. Xom ashyo sifatida paxta chigiti, kunjut, zigʻir, mahsar, yer yongʻoq, danaklar va b.dan foydalanilgan. Turkiston oʻlkasida temir yoʻl qurilishi va tashqi bozorlar bilan aloqaning yaxshilanishi natijasida Yo.m. s. ham rivojlandi. Oʻzbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi zd 1884 yilda Qoʻqonda ishga tushirilgan, 1896 yilda Kattaqoʻrgʻon sh.da (Samarqand viloyati) yogʻ zavodi qurildi. 1913—14 yillarda 30 ta yogʻ zavodi boʻlib, 57 ming t oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarilgan. Oktyabr toʻntarishidan keyin Shoʻrolar hukumati barcha sanoat korxonalari kabi, yogʻ zdlarini ham natsionalizatsiya qilishi natijasida zdlar faoliyati toʻxtab qolgan. 1922 y. boryoʻgʻi 2 ta yogʻ zavodi ishlab turgan. Oʻzbekistonda paxta maydonlarining kengayishi va paxta yetishtirishning koʻpayib borishi bilan bogʻliq holda 30-y.lardan boshlab Yo.m. s. sezilarli taraqqiy etdi, 1929—33 yillarda 1612 ming t chigit qayta ishlandi va 247,3 ming t oʻsimlik yogʻi tayyorlandi. 1971 — 75 yillarda 11 mln. t ga yaqin chigit qayta ishlanib 1549,6 ming t oʻsimlik moyi tayyorlandi. 1930y.larda hozirgi quvvati 810—950 t/sutka chigit boʻlgan Qoʻqon va Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy kombinatlari, 1980 yilda quvvati 1200 t/sutka chigit boʻlgan Koson va Guliston yogʻekstraksiya zdlari qurilib, ishga tushirildi. Yo.m. s. taraqqiy etishi natijasida yangi xil mahsulotlar ham tayyorlana boshladi. Avval fakat tozalanmagan (qora) paxta yogʻi tayyorlangan boʻlsa, keyinchalik yogʻni tozalash yoʻlga qoʻyildi va oliy navli tozalangan yogʻ ishlab chiqarildi, oziqovqat uchun va texnikada ishlatiladigan salomas, glitserin, moy kislotalari, margarin, mayonez, sovunlar, sintetik kir yuvish vositalari, turli loklar, boʻyoq moddalari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Yo.m. s. chiqindilarsiz ishlash sxemasida ishlaydi. Oʻsimlik moyi presslash va ekstraksiya yoʻli bilan olinib, ketmaket tozalanadi va dezodoratsiyalanadi. Ayrim korxonalarda keyingi yillarda kungaboqar pistasi va mahsar urugʻlaridan yogʻ i. ch. yoʻlga qoʻyildi. I. ch. quvvatlaridan toʻliq foydalanish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini koʻpaytirish maqsadida import boʻyicha soya dukkagi olinmokda. Ularni qayta ishlashdan chiqqan soya shrotlari chorva mollari va parrandalar uchun toʻyimli ozuqa hisoblanadi. Isteʼmol moylarining qimmatli turlarini i. ch.da konserva zdlarining chiqindilari boʻlgan mevasabzavot va poliz ekinlarining danak va urugʻlaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan oʻsimlik moyi turlari koʻpaytirilmokda. "Qoʻqon yogʻ-moy" aksiyadorlik jamiyatida mevasabzavot danaklaridan, shu jumladan, shaftoli, oʻrik, uzum, bodom, tarvuz, qovun, pomidor va b. urugʻlaridan ishlab chiqarilayotgan yogʻmoy mahsulotlari attorlik va oziqovqat sanoatida katta talab bilan foydalanilmokda. 90y.larning 2yarmidan yogʻ-moy maqsulotlarini i. ch., qayta ishlash, isteʼmol va saqlash uchun qulay idishlarga qadokdash boʻyicha yangi texnologiyalar keng miqyosda oʻzlashtirilmoqda. Margarin mahsulotlari "Tashmargyogʻ" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilmokda (i. ch. yillik quvvati 22,4 ming t). Buxoro shaxrida Oʻzbekiston-Isroil "BuxTel" mayonez ishlab chiqaradigan zamonaviy qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Kirsovun va atirsovun tarmokdagi 10 ta korxonada — Fargʻona, Yangiyoʻl, Andijon, Urganch, Kattaqoʻrgʻon, Keles sh.dagi korxonalarda ishlab chiqariladi (yalpi yillik quvvati 103,7 ming t). 1996 yildan respublikada sovun ishlab chiqarish korxonalarini yuqori sifatli xom ashyo bilan taʼminlash uchun "Urganchyog" aksiyadorlik jamiyatida chigit soapstoki asosida yogʻ kislotalari (palmitin va olein kislotalari) i. ch. yoʻlga qoʻyildi.Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmokda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda "Krupp", "Sket" (Germaniya), "AlfaLaval" (Shvetsiya), "Jon Braun", "Karver", "Kraun" (AQSH), "Motssoni", "Bollistra" (Italiya), Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda. 1996 yildan boshlab Yo.m. s. tarmogʻiga toʻgʻridantoʻgʻri chet el investitsiyalari jalb qilinmoqsa. Buning natijasida tarmokda 9 qoʻshma korxona tashkil etildi va faoliyat yuritmokda. Xorijiy mamlakatlardan Italiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Fransiya va AQShda Yo.m. s. rivojlangan. Oʻz xom ashyo bazasida ishlaydi, asosan kungaboqar, zaytun va b. oʻsimlik moylari, margarin mahsulotlari, sovun va sintetik yuvish vositalari katta hajmlarda ishlab chikariladi. Ad.: Baki rov A., El choʻmichini moy qilayotganlar, T., 1996; Sotvoldiyev A., Navqironlik sari qadam, T., 2000.

Azamat Jamolov, Nuriddin Musayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil