Kontent qismiga oʻtish

Yogʻoch materiallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yog'och Materiallardan yoʻnaltirildi)

Yogʻoch materiallar — tabiiy yogʻochdan tayerlanadigan taxta, hari, xoda va b.; tabiiy yogʻochga bogʻlovchi moddalar (sintetik smolalar) shimdirib va yukrri tralarda bosim ostida ishlov berib, yelimlab olinadigan qurilish, mebelsozlik, kemasozlik materiallari. Tayyorlanish usuliga koʻra tilingan va tilinmagan, presslangan, modda shimdirilgan, qatlamqatlam qilib yelimlab yopishtirilgan yogʻochlarga, yogʻoch plastika va plitalarga boʻlinadi. Tabiiy Yo. m. — hari, xoda, gʻoʻla; yoʻnilgan, yorilgan materiallar, tilingan (taxta), payraha, faner, qipiq va b. materiallar. Modda shimdirilgan Yo. m. — antiseptik vositalar va yogʻoch smolasi shimdirilgan materiallar. Presslangan Yo. m. — tolaning koʻndalang yoʻnalishi boʻyicha ZOMN/m2 (300 kg . kuch/ sm2) bosim ostida va 100—250° trada qizdirib bir tomonlama, ikki tomonlama va kontur boʻyicha zichlab olinadigan materiallar. Bunday Yo. m.ning zichligi 1200–1450 kg/m3 boʻladi. Yelimlangan Yo. m. — fizikmexanik xossalari deyarli bir xil boʻlgan yogʻoch qatlamlarini birbiriga yopishtirib (yelimlab va presslab) olinadigan kalin, uzun va enli materiallar. Qatlamqatlam Yo. m. — shpon yoki randalangan fanerlarni sintetik smola yoki oqsil yelim bilan yopishtirib olinadigan material. Plastik Yo. m. — payraha, qipiq, maydalangan yogʻoch va b. organik yoki mineral bogʻlovchilar (10—30%) dan tayerlanadigan plitalar, yogʻoch plastika, fibroplitalar va b. Yogʻoch tolali plitalar yogʻoch massasidan presslab tayyorlanadi. Yo. m.dan qogʻozsellyuloza tayyorlash va kimyoviy mahsulotlar ham foydalaniladi. Yo. m. qurilish, kemasozlik va mebelsozlikda hamda yoqilgʻi sifatida ishlatiladi. Tabiiy Yo. m. daraxt tanasidan olinadi. Daraxt tanasi oʻzak, yogʻochlik, tola va poʻstloqdan iborat. Ayrim daraxtlarning faqat poʻstloq va oʻzak qismi ishlatiladi. Oʻzbekistonda tol, yongʻoq, tut, archa, terak, qayragʻochdan tayyorlanadi. Qayragʻoch yogʻochidan arava gʻildiragi va oʻqlari qam yasaladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil