Kontent qismiga oʻtish

Yogʻoch plastikalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yog'och Plastikalardan yoʻnaltirildi)

Yogʻoch plastikalar - yogʻochga me xanik, issiqlik va kimyoviy ishlov berib (fizikmexanik xossalarini yaxshilab) olinadigan materiallar. Yo. p. presslangan yogʻoch (plastifikatsiyalangan), yogʻoch qatlamli plastikalar (lignofol, deltayogʻoch, balinit va b.), yogʻochplastik massalarga boʻlinadi. Presslangan yogʻoch tabiiy yogʻochni 1530 MN/m2 (150300 kgkuch/sm2) bosim va 120° trada zichlab olinadi. Bunday yogʻochlar taxta, brus, plitavtulka va b. koʻrinishda ishlab chiqariladi. Ular zarbga chidamli, plastik, namga chidamli boʻladi. Yogʻoch qatlamli plastikalar yupqa yogʻoch list (shpon)ga termoreaktiv sintetik smola eritmasi shimdirib va quritib, paket holida yigʻib, 120—150° trada gidravlik pressda 10—17,5 MN/m2 (100—175 kgkuch/sm2) bosim ostida olinadi. Mustahkamligi va elastikligini oshirish uchun unga metall toʻr, zar qogʻoz, rezina va b. aralashtirib armaturalanadi. Unga grafit va moy qoʻshilsa, antifriksion (ishqalanishga qarshi) xossasi oshadi. Bunday yogʻochlar mashinasozlik va kemasozlikda konstruksion material sifatida ishlatiladi. Yogʻoch plastik massalar maydalangan yogʻoch (qipiq, payraha, tola, shponlar) ga sintetik smola eritmasi shimdirib va quritib, presskrliplarda issik,layin presslab profil buyumlar yoki plita materiallar holida ishlab chiqariladi. Bunday yogʻochlarning mustahkamligi, elektr izolyasiya va antifriksion xossalari yuqori boʻladi. Ulardan vkladishlar, podshipnik vtulkalari, tishli gʻildiraklar va b. tayyorlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil