Yogʻin oʻlchagich
Qiyofa
(Yogʻin Oʻlchagichdan yoʻnaltirildi)
Yogʻin oʻlchagich — atmosfera yogʻinlari (yomgʻir, qor, doʻl) miqdorini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Eng keng tarqalgan xili (V. D. Tretyakov Yo. oʻ.i) yogʻin yigʻiladigan chelaksimon idish (yogʻin tushadigan yuza 200 sm2, balandligi 40.sm) va maxsus himoya qurilmasi (chelak atrofiga mahkamlangan plastinalar)dan iborat. Yo. oʻ. yerdan taxminan 2 m balandlikda idish yuzasi qatʼiy gorizontal turadigan qilib oʻrnatiladi. Yogʻin miqsori oʻlchov stakani yordamida oʻlchanadi. Oʻlchov birligi — mm. Qattiq yogʻinlar — qor, doʻl erib suvga aylanganidan soʻng oʻlchanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |