Kontent qismiga oʻtish

Dadaxon Yoqubov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yoqubov Dadaxondan yoʻnaltirildi)

Dadaxon Yoqubov (1954-yil 20-aprel, Jalaquduq(Jalolquduq) tumani) — jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi (1990). 1979-yil Toshkent Davlat Universiteti (hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbeksiton Milliy universiteti)ni tugatgan. Ish faoliyatini telejurnalist sifatida boshlagan. "Hayot quvonchlari va tashvishlari" telekoʻrsatuvi, "Navroʻz" uzluksiz koʻrsatuvi bilan elga tanildi. 1992-yil may oyidan "Navroʻz" xayriya jamgʻarmasi tuzildi va shu yildan jamgʻarmaning raisi xisoblanadi. "Hayot quvonchlari va tashvishlari", "Muhabbat mavsumi" badiiy publissistik kitoblarida insonni eʼzozlash, milliy qadriyatlarni ulugʻlash, "Navroʻz" anʼanalarini keng targʻib etish, teran, ayni vaqtda oddiy ijtimoiy - falsafiy fikrlar orqali Vatanga muhabbat gʻoyalarini aks ettirgan. 1990-1995-yillar mobaynida Oʻzbekiston Oliy Kengashi deputati sifatida faoliyat olib borgan. 1999-yil "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil