Kontent qismiga oʻtish

Osmon Yoqubov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yoqubov Osmondan yoʻnaltirildi)
Osmon Yoqubov
Tavalludi 1911-yil 21-avgust
Vafoti 1944-yil 22-iyun
Belarussiya Vitebsk viloyati
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari Sovet Ittifoqi Qahramoni „Oltin Yulduz“ medali
Lenin ordeni
"Jasorat uchun" medali

Osmon Yoqubov (1911-yil 21-avgust, hozirgi Shahrixon tumani — 1944-yil 22-iyun, Vitebsk viloyati, Belorussiya) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941-yil dekabrda armiyaga joʻnagan va 1942-yilning yanvar oyidan frontga yuborilgan. Ulugʻ Vatan urushi ishtirokchisi.

Usmon Yoqubov Andijon viloyati hozirgi Andijon tumani, Nayman qishlog‘ida tavallud topgan. Millati qirgʻiz. 1926-yildan boshlab Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Qorasuv tumanidagi Tugʻuz-Buloq qishlogʻida yashagan. Osmon Yoqubov urushgacha boʻlgan davr mobaynida kolxozda, Otuzodir kanali qurilishlarida ishlagan.

1941-yil dekabr oyida Qizil Armiya safiga chaqirtiriladi va 1942-yil yanvarida esa frontga joʻnatiladi. 1944-yilning yozida 1-Boltiqboʻyi fronti 6-gvardiya armiyasining 67-gvardiya miltiq diviziyasi 201-oʻqchi polki safida jang olib borgan. Osmon Yoqubov Belarussiyani ozod qilish uchun boʻlgan janglarda koʻrsatgan jasorati bilan boshqalardan ajralib turgan va jangda koʻrsatgan qahramonliklari uchun „Jasorat uchun“ medali bilan taqdirlangan.

1944-yil 22-iyunda Nuts qishlogʻi (Vitebsk viloyati) yaqinida boʻlib oʻtgan jang razvedkasi paytida Yoqubov birinchi boʻlib dushman hududiga bostirib kiradi. Jang davomida pulemyotdan o‘q uzish to‘xtatilgach, Yoqubov bunkerga yaqinlashadi va u yerda ambrazuraga granata tashlanishiga bir baxya qoladi, ammo otishma nuqtasi oʻz vaqtida yoʻq qilinadi va dushmanga qarshi hujum davom ettiriladi. Xuddi shu jangda Usmon Yoqubov dushman bilan boʻlgan qo‘l jangida halok bo‘ladi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-iyuldagi farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi frontda qoʻmondonning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Yoqubov Usmon vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.

Osmon Yoqubov Sovet Ittifoqi Qahramoni „Oltin Yulduz“ medali (1944-yil 22-iyul), Lenin ordeni (1944-yil 22-iyul) va "Jasorat uchun" medali (1944-yil) bilan taqdirlangan.

Andijon shahrida Usmon Yoqubovning byusti oʻrnatilgan.

Andijon viloyati Moskva tumanidagi „Leninizm“ kolxoziga byusti o‘rnatilgan[1].

1976-yilda Vitebsk viloyati (Belarus) Shumilinskiy tumani Tropino qishlogʻining shimolida uning sharafiga arxitektor V. I. Yagodnitskiy tomonidan yodgorlik oʻrnatilgan.

Andijondagi oʻzi oʻqigan 22-maktabga Yoqubov nomi berilgan[2][3].

  • Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1988. — T. 2 /Lyubov — Yaщuk/. — 863 s. — 100 000 ekz. — ISBN 5-203-00536-2.
  • Navechno v serdse narodnom / Redkol.: I. P. Shamyakin (gl. red.) i dr. — 3-e izd., dop. i ispr. — Mn.: Belorusskaya sovetskaya ensiklopediya, 1984. — 607 s. — 65 000 ekz.
  1. Навечнов в сердце народном: Справочник. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Sergey Kargapolsev. Yakubov Osman. warheroes.ru