Kontent qismiga oʻtish

Yulduz yorqinligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yorqinlikdan yoʻnaltirildi)
Quyoshning undan kelayotgan nurlanish energiyasiga koʻra yorqinligi 3.83×1026 vattdir.

Yulduz yorqinligi — yulduz nurlanish quvvatini, yaʼni yulduzning birlik fazoviy burchakda nurlayotgan yorugʻlik oqimini ifodalovchi miqdor.[1][2] 3.83×1026 W ga teng boʻlgan Quyosh yorqinligi birligi (L) da ifodalanadi. Yulduz yorqinligi tushunchasi umumiy fotometriyanyant „yorqinlik“ tushunchasi bilan mos kelmaydi. Yulduz yorqinligi yulduz spektrining maʼlum bir qismiga tegishli (vizual, fotografik yulduz yorqinligi va hokazo), yoki yulduzning butun spektri boʻyicha nurlanishiga (bolometrik yulduz yorqinligi) tegishli boʻlishi mumkin. Bular bir-biridan katta farq qilib, bolometrik yorqinligi 5105erg/sek. Quyosh yorqinligiga teng boʻlgan yulduzlar (O spektral sinfiga tegishli boʻlgan oʻta gigant yulduzlar), bolometrik yorqinligi Quyosh yorqinligidan bir necha yuz marta kam boʻlgan yulduzlar mavjud. taxminan yorqinligi bu qiymatdan kam boʻlgan yulduzlar boʻlishi mumkin. Yulduz yorqinligi massa, radius va sirt temperaturasi kattaliklari qatoridagi muhim kattaliklaridan hisoblanadi. Bu kattaliklar orasidagi bogʻlanishlar nazariy astrofizikada oʻrganiladi.

  1. „Luminosity | astronomy“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.
  2. „* Luminosity (Astronomy) - Definition,meaning - Online Encyclopedia“. en.mimi.hu. Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.

Oʻqish uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Böhm-Vitense, Erika „Chapter 6. The luminosities of the stars“, . Introduction to Stellar Astrophysics: Volume 1, Basic Stellar Observations and Data. Cambridge University Press, 1989 — 41–48-bet. ISBN 978-0-521-34869-0.