Kontent qismiga oʻtish

Yuk aylanmasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Yuk Aylanmasidan yoʻnaltirildi)

Yuk aylanmasi — transport ishining asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri, muayyan davrda tashilgan yuklar ogʻirligi (hajmi)ni tashilgan masofaga koʻpaytmasidan iborat. Netto tkm (dengiz transportida tonnamil, 1 mil — 1,852 km) bilan oʻlchanadi. Mamlakat miqyosida Yuk aylanmasi koʻrsatkichlari har bir transport turi boʻyicha alohida hisoblanadi. Yuk aylanmasi muddatlariga koʻra, sutkalik, oylik, choraklik, yarim yillik va bir yillik qilib hisobga olinadi. Choraklik Yuk aylanmasi, odatda, notekis boʻlib, unga baʼzi yuklarni tashishning mavsumiyligi va boshqalar taʼsir qiladi. Shuningdek, Yuk aylanmasi transport vositalarining yuk koʻtarish, olib yurish qobiliyati, undan foydalanish usuli, oʻrtacha ish vaqti, qatnash masofasi, ortishtushirish ishlarining mexanizatsiyalashgani va boshqalarga ham bogʻliq. Oʻzbekistonda jami transport turlarida Yuk aylanmasi 63,3 mlrd. tkm ni, shu jumladan, temir yoʻl transportida 19,1; avtomobil transportida 9,6; quvur transportida 34,6 mlrd. tkm ni, havo transportida 95,3 ming tkmni (2003), suv transportida 0,3 mln. tkm (2002) ni tashkil etdi.

Sadir Salimov.