Ravshan Yunusov
Ravshan Yusupovich Yunusov (1949.20.07.Toshkent) — Musiqashunos; Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1999), sanʼatshunoslik fanlari nomzodi (1983), professor (2002). Toshkent davlat konservatoriyasini 1974 yil tugatgan. O'zbekiston Davlat konservatoriyasida 1979 yildan o'z faoliyatini boshlagan, 1983-1987 yillarda fakultet dekani, 1989-92 va 2002 yillarda kafedra mudiri, 1992-1996 yillarda ilmiy ishlar bo'yicha rektor o'rinbosari, 1996-1997 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining o'rinbosari, 1997-2002 yillarda O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi rektori lavozimida ishlagan. 1995 yildan Oʻzbekiston Bastakorlari uyushmasi raisi oʻrinbosari. Ilmiy asarlari maqomot va oʻzbek maqom sanʼati (mas, "Maqomlar va mugʻomlar", T., 1992), 20-asr oʻzbek musiqa namoyandalari (F.Mamadaliyev, Faxr. Sodiqov, M.Tojiyev, Hab. Rahimov, M. Mahmudov) ijodiyoti va ilmiy meros (I.Rajabov) masalalariga bagʻishlangan. "Solfejio" (T., 2004, O. Ibrohimov bilan) kabi darslik va oʻquv qoʻllanmalari muallifi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |