Makroergik birikmalar
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Makroergik birikmalar (mokro... va yun. ergon — faoliyat, ish), bu birikmalar ozida ko'p miqdorda energiya to'plovchi yuqori molekulali birikmalar hisoblanadi, yuqori energiyali, yuqori energetik birikmalar — energiyaga boy yoki makroergik bogʻlari boʻlgan tabiiy birikmalar; barcha tirik hujayralarda boʻladi va energi-yaning toʻplanishi hamda oʻzgarishi jarayonlarida qatnashadi. Makroergik birikmalarga, asosan, adenozintrifosfat kislota (ATF) va fosfat guruxdarining koʻchishiga sabab boʻluvchi fermentativ reaksiyalarda ATF hosil kila oladigan moddalar kiradi. Makroergik birikmalar tarkibiga fosforil guruhlari kiradi. Nukleozidtri- (yoki di-) fosfat kislotalar, pirofosfat va polifosfat kislotalar, kreatin-fosfat, fosfopirouzum kislota, difosfoglitserin kislota, atsetil va suksinilkoferment A, adenil va ri-bonuklein kislotalarning aminoatsil hosilalari ham Makroergik birikmalar dir. Makroergik birikmalar oʻzaro fosforil guruhlarni koʻchiradigan fermentativ reaksiyalar bilan bogʻlangan (yana qarang Adenozinfosfat kislota, Bioenergetika).[1]G'aybullayev. J
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |