Yuqoriga qarama
Yuqoriga qarama | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Adam McKay |
Prodyuser(lar) | |
Ssenariynavis(lar) | Adam McKay |
Hikoya | |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Nicholas Britell |
Kinematografiya | Linus Sandgren |
Muharrir(lar) | Hank Corwin |
Studiya(lar) | |
Distribyutor | Netflix |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 138 daqiqa[2] |
Mamlakat | AQSh |
Til | Inglizcha |
Byudjeti | 75 million $[3] |
Daromadi | 791,863 $[4][5] |
Tepaga qarama (inglizcha: „Don't Look Up“) — 2021-yilda Adam McKay rejissyorligi va ssenariysi asosida suratga olingan AQSh siyosiy satirik komediya filmi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Michigan universiteti astronomiya fanlari doktori Keyt Dibiaski nomaʼlum kometani kashf etadi. Uning professori doktor Rendall Mindi, kometa yerni butunlay yoʻq qilib yuboradigan darajada katta va taxminan 6 oy ichida Yerga urilishini tasdiqlaydi. NASA bu maʼlumotni tekshirib, ularni “Planetary Defense Coordination Office” rahbari doktor Teddi Ogletorp Oq uyga taqdim etadi. Biroq, ular prezident Jeni Orlean va uning shtab rahbari lavozimidagi oʻgʻli Jeyson Orlean tomonidan befarqlik bilan kutib olinadi.
Ogletorp Dibiaski va Mindini bu olamshumul xabarni ommaviy axborot vositalariga yetkazishga undaydi. Ular buni The Daily Rip nomli mashhur ertalabki tok-shouda eʼlon qilishadi. Jurnalistlar Jek Bremmer va Bri Evanti ushbu mavzuga yengil munosabatda boʻlishadi, bu holni koʻrib Dibiaski oʻzini yoʻqotib, global tahdid haqida gʻazab bilan gapiradi. Mindi tashqi koʻrinishi tufayli jamoatchilik eʼtiboriga tushadi, Dibiaski esa efirdagi xatti-harakatlari uchun salbiy mavzusiga aylanadi. Kometa tahdidi haqidagi dolzarb yangiliklar jamoatchilik eʼtiborini tortmaydi va xavfni NASA direktori, astronomiya boʻyicha hech qanday maʼlumotga ega boʻlmagan Orleanning eng yaxshi donori Joselin Kalder rad etadi. Orleanning Oliy sudga nomzodi Sherif Konlon bilan jinsiy janjali haqidagi xabar fosh boʻlib qolganda, u tahdidni tasdiqlab, yadro quroli yordamida kometaga zarba berish va uni yerga urilishidan qaytarish loyihasini eʼlon qilish orqali yomon reklamadan chalgʻitadi.
Missiya muvaffaqiyatli ishga tushirildi, biroq Orlean BASH Cellular kompaniyasining milliarder bosh direktori va yana bir eng yaxshi donor Piter Ishervell kometada trillionlab dollarlik noyob yer elementlari borligini aniqlagandan soʻng uni toʻsatdan toʻxtatadi. Oq uy BASH tomonidan taklif qilingan texnologiyadan foydalanib, uni okeanda parchalash va qayta tiklash yoʻli bilan kometadan tijorat maqsadlarida foydalanishga rozi boʻladi. Orlean Dibiaski va Ogletorpni chetlab oʻtib, Mindini milliy fan boʻyicha maslahatchi sifatida ishga oladi. Dibiaski sxemaga jamoatchilik eʼtirozini jalb qilishga harakat qiladi, lekin Orlean maʼmuriyati tahdidi ostida taslim boʻladi. Mindi kometaning tijorat imkoniyatlarini himoya qiluvchi taniqli ovozga aylanadi va Evanti bilan ishqiy munosabatlarni boshlaydi.
Kometani jiddiy tahdid deb hisoblaydiganlar, vayron boʻgan kometani qazib olish ish oʻrinlari yaratishiga ishonadiganlar va kometa mavjudligini inkor etuvchilar oʻrtasida dunyoda bahs ketadi. Dibiaski uyiga Illinoysga qaytganida, ota-onasi uni uydan haydab chiqaradi va u chakana ish joyida tanishgan doʻkon oʻgʻrisi Yule ismli yigit bilan ishqiy munosabatlarni boshlaydi. Mindining xotini unga xiyonat qilgani haqida bilganidan soʻng, u Michiganga Mindisiz qaytadi. Mindi Ishervell texnologiyasi kometani parchalab tashlay oladimi, degan savol bilan milliarderning g‘azabini qo‘zg‘atadi. Maʼmuriyatdan hafsalasi pir boʻlgan Mindi, nihoyat, milliy televideniyeda janjal qiladi va Orleanni yaqinlashib kelayotgan apokalipsisni kamsitayotgani hamda insoniyatning befarqligini shubha ostiga qoʻygani uchun tanqid qiladi.
Maʼmuriyatdan ajralgan Mindi kometa yerdan koʻrinib qolganda Dibiaski bilan yarashadi. Mindi, Dibiaski va Oglethorpe ijtimoiy tarmoqlarda norozilik kampaniyasini tashkil qilib, odamlarga “Yuqoriga qarang” va boshqa mamlakatlarni kometalarni qaytarish operatsiyalarini oʻtkazishga chaqirishadi. Shu bilan birga, Orlean odamlarga “Yuqoriga qaramang” degan anti-kampaniyani boshlaydi. Orlean va BASH Rossiya, Hindiston va Xitoyni kometa qazib olish boʻyicha kelishuv huquqidan mahrum qilishadi. Kometa yerga yaqinlashib borar ekan, Orlean tarafdorlari uning maʼmuriyatiga murojaat qila boshlaydilar. BASHning kometani parchalashga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchrab va hamma insoniyat halokatga mahkum ekanini tushunadi.
Ishervell, Orlean va boshqa elita odamlar yerga oʻxshash sayyorani topish uchun moʻljallangan kosmik kemasi chiqishadi hamda Jeysonni beixtiyor ortda qoldirib ketishadi. Orlean Mindiga kemada ikkita joy taklif qiladi, lekin u rad etadi va oxirgi oqshomni doʻstlari hamda oilasi bilan oʻtkazishni tanlaydi. Kutilganidek, kometa Chili qirgʻoqlariga kelib, butun dunyo boʻylab tarqaladi va yerni yoʻq qiladi.
Kometa zarbasidan oldin yerni tark etgan 2000 kishi 22,740-yildan soʻng yam-yashil begona sayyoraga qoʻnadi. Ular kosmik kemadan yalangʻoch holda chiqishib, yangi dunyoni hayrat bilan kuzatishadi. Biroq, Orlean toʻsatdan qushga oʻxshash yirtqich tomonidan oʻldiriladi.
Soʻngi sahnada Jeyson kometa zarbasidan omon qolishga muvaffaq boʻlgani maʼlum boʻladi. U oʻzini “Yerdagi soʻnggi odam” deb eʼlon qilib, hali tirik boʻlgan barcha tomoshabinlardan “layk bosish va obuna boʻlishni” soʻraydi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Leonardo DiCaprio — Michigan universiteti astronomiya professori va Keytning oʻqituvchisi doktor Randall Mindy roʻlida;
- Jennifer Lawrence — Keyt Dibiaski, Michigan universitetining astronomiya fani doktoranti roʻlida;
- Meryl Streep AQSh prezidenti — Jeni Orlean roʻlida;
- Cate Blanchett — “Daily Rip” jurnalisti roʻlida;
- Rob Morgan — “Planetary Defense Coordination Office” boshligʻi, doktor Teddy Oglethorpe roʻlida;
- Jonah Hill — Jason Orlean, Oq uy xodimlarining boshligʻi va Prezident Orleanning oʻgʻli roʻlida;
- Mark Rylance — Peter Ishirvel, fiktiv texnologiya kompaniyasi BASHning milliarder bosh direktori va Orleanning eng katta donorlaridan biri roʻlida;
- Tyler Perry — “Daily Rip” jurnalisti roʻlida;
- Timo'ye Chalamet — Yule roʻlida;
- Ron Perlman — polkovnik Benedikt Drask roʻlida;
- Ariana Grande — xalqaro pop musiqa yulduzi Riley Bina roʻlida;
- Kid Cudi[6] — DJ Chello roʻlida;
- Himesh Patel — Filip Kaj, Avtotopssiya jurnalisti va Keytning doʻsti
- Melanie Lynskey — doktor Randall Mindining rafiqasi June Mindi roʻlida;
- Machael Chiklis — Dan Pavketi roʻlida;
- Tomer Sisley — Adul Grelio roʻlida;
- Pol Guilfoyle — AQSh havo kuchlari General-leytenant, Pentagon va Oq uyga aloqador Stuart Temes roʻlida;
- Robert Joy — Kongress aʼzosi roʻlida.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Don't Look Up“. Writers Guild of America West (2021-yil 5-may). 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ „Don't Look Up – Netflix Official Site“. Netflix. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ „Don't Look Up Cast Has Everyone Convinced Netflix's Budget Limit Does Not Exist“. News18. 2021-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Don't Look Up (2021)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2022-yil 8-yanvar.
- ↑ „Don't Look Up (2021)“. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 2022-yil 8-yanvar.
- ↑ „Ariana Grande Improvised Best Line in Don't Look Up Parody Song with Kid Cudi“. RollingStone.com (2021-yil 31-dekabr).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Yuqoriga qaramaga tegishli iqtiboslar mavjud. |