Kontent qismiga oʻtish

Joʻraxon Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yusupov Joʻraxondan yoʻnaltirildi)

Joʻraxon Yusupov (1905 Shahrixon — 1994.30.5) — xonanda, sozanda (gʻijjak, skripka). Oʻzbekiston xalq hofizi (1940). Baland, keng diapazonli, shirali ovoz sohibi. Katta ashula yoʻllarini va sozandalikni Madraim qori, Nurulla qori, Abdurahim qori, Karim oxunlardan oʻzlashtirib, keyinchalik ular bilan hamnafaslik qilgan. Katta Fargʻona kanali, Farhod GRESi va boshqalar qurilishlarda, xalq sayili va bayramlarda madaniy xizmat qilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—42). Yangiyoʻl teatrida xonanda (1943—44). Shahrixonda katta ashula ijro mahorati maktabiga asos solib, Odiljon Yusupov, N.Saidnazarov, E.Yusupov, I.Oxunov va boshqalar hofizlarga ustozlik qilgan. Ijro uslubiga ravonlik, keng nafas, taʼsirchanlik xosdir (shu bois, Joʻrafason taxallusini olgan). Repertuaridan katta ashula ("Ohkim", "Dogʻman", "Bir kelsun", "Ey dilbari jonon", "Judo qilma" va boshqalar), mumtoz ashula va Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari ("Bayot", "Chorgoh", "Segoh", "Dugoh" va boshqalar) oʻrin olgan. Koʻpgina xalq ijodiyoti festival va tanlovlarining sovrindori.