Zaane echki zoti
Zaane echki zoti - suti uchun boqiladigan zot. 19-asr oʻrtalarida Shveysariyaning Zane (Saane) daryosi vodiysida chiqarilgan. Echkilari yirik, gavda tuzilishi mustahkam, aksariyatining yelini katta, soʻrgʻichlari yaxshi shakllangan. Terisi yupqa, asosan, oq rangda. Takasining yagʻrin bal. 75—80 sm, vazni 70—80 sm, echkilari 50—60 kg , dumgʻazasi tor, juni kalta, qiltiqlari ingichka. Echkilari bir yilda oʻrtacha 600—700 kg sut beradi (rekord sut mahsulotdorligi 2235 l), sutining yogʻliligi 3,5—4,5%. Har yuz bosh echkidan 180—200 uloq olish mumkin. Bu zot Fapbiy va Markaziy Yevropada keng tarqalgan. Yevropa, Osiyo, Amerikadagi koʻpgina mamlakatlarda sut yoʻnalishidagi echkichilikni rivojlantirishga katta taʼsir koʻrsatdi. 20-asr boshlarida Rossiyaga keltirilgan, undan qisman Oʻzbekistonda tarqalgan (shaxsiy xoʻjaliklarda boqiladi). Mahalliy jaydari rus echki zotlarining sut mahsuldorligini yaxshilashda foydalanilgan. Duragaylari bir yilda 500—1000 kg sut beradi. Rossiyaning markaziy va shim.-gʻarbiy viloyatlarida koʻp boqiladi.
Bozorboy Suvonqulov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |