Kontent qismiga oʻtish

Galina Zagurskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zagurskaya Galina Nikolayevnadan yoʻnaltirildi)

Galina Nikolayevna Zagurskaya (27-aprel 1905-yil, Irkutsk – 16-noyabr 1978-yil, Toshkent) – aktrisa va rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1944). Irkutsk balet maktabini tugatgan (1922). 1937-yildan Toshkentda, Maksim Gorkiy teatrida aktrisa. Yaratgan obrazlari psixologik chuqur va joʻshqinligi, harakat va nutq madaniyatining mukammalligi bilan harakterlanadi. Ijobiy va salbiy, fojiaviy va hajviy rollarni bir xilda mahorat bilan ijro etgan. Eng yaxshi rollari: Varvara, Kruchinina („Momaqaldiroq“, „Aybsiz aybdorlar“), Yelena, Vasilisa Karpovna („Meshchanlar“, „Tubanlikda“), Anna Karenina („Anna Karenina“), Ranevskaya („Olchazor“), Saburova („Yagona guvoh“), Diana („It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi“), Mirandolina („Mehmonxona bekasi“), Jamila, Maysara („Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“), Toʻlgʻanoy („Momo yer“) va boshqalar. Rejissor sifatida „Etik kiygan mushuk“, „It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi“, „Jizzaki“, „Kichkintoy Dorrit“, „Uch xapdori“ kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil