Razdan
Qiyofa
(Zangadan yoʻnaltirildi)
Razdan, Zanga — Armanistondagi daryo. Kura havzasidagi Araks daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 146 km. Havzasining maydoni 2560 km² (Sevan koʻli havzasi bilan birga 7310 km²). Sevan kulidan oqib chiqadi. Yuqori qismida togʻ vodiysidan, quyi qismida Ararat tekisligidan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi boshlanishida 2 m³/sek., quyilish joyida 17,9 m³/sek. Suvi sugʻorishda foydalaniladi. Daryoning umumiy nishabi 1097 m (1,8 m/km). Razdanda 6 ta GES kaskadi qurilgach, suv sarfi Sevan koʻli suvi hisobiga 44,5 m³/sek. gacha ortdi. Lekin koʻl suvi sathini saqlab qolish maqsadida suv sarfi keskin kamaytirildi. Daryo sohilida Yerevan, Sevan, Razdan, Charensavan, Arzni shaharlari joylashgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |