Kurbanbay Zaretdinov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Zaretdinov Kurbanbay (1953.25.2, Kegeyli tumani) — qoraqalpoq dirijyori va kompozitori. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000). Toshkent konservatoriyasining xor dirijyorligi ftini tugatgan (1975). Nukus sanʼat bilim yurtida oʻqituvchi va direktor muovini (1975—81), Qoraqalpoq davlat filarmoniyasining simfonik orkestrida dirijyor, bosh dirijyor va badiiy rahbar (1981—89), Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida bosh xormeyster (1989-yildan), Qoraqalpoq universitetining "Musiqiy taʼlim va tarbiya" kafedrasi mudiri (1999-yildan). Musiqali obrazni har tomonlama ochib berishda simfonik orkestr imkoniyatlaridan unumli foydalana olish, shuningdek orkestr cholgʻularining rangbarang tovush ohanglarini qahramonning harakat holatiga moye keltira olish dirijyorlik uslubiga xos. Kompozitor sifatida "Tugʻilgan joy", "Azamat va men", "Umrim", "Togʻasining qizi" kabi qoʻshiq va xor asarlarini yaratgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1997).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |