Zaynulobidin Husayniy
Zaynulobidin husayniy, Zaynulobidin bin Muhammad ibn Mahmud alHusayniy (taxminan 1463 — Hirot — taxminan 1519) — musiqa nazariyotchisi, bastakor, sozanda va shoir. Hirotdagi "Ixlosiya" madrasasida riyoziyot, falsafa, musika nazariyasi va badiʼ ilmidan tahsil olgan. Unga musiqadan Xoja Abdulloh Marvarid, badiʼ ilmidan Alisher Navoiy ustodlik qilishgan. Navoiyning buyurtmasi bilan fors tilida "Qonun" (zamonaviy adabiyotda "Qonuni ilmi va amali musiqiy" — "Musiqaning ilmiy va amaliy krnunlari") asarini yozgan. Asar Navoiyga bagʻishlangan qasida va 24 bobdan (soʻnggi ikki bobi saqlanmagan) iborat. J. Sultonov tomonidan topilgan uning yagona nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot intida saqlanadi. Risola 3. H. yashagan davr musika sanʼatining nazariy va amaliy masalalarini yoritadi. M usiqa istilohoti, jumladan Oʻn ikki makom, vvoza va shoʻʼba tushunchalariga qator anikliklar kiritgan. Oxirgi boblar cholgʻularning sozi va usul turkumlariga bagʻishlangan. Shuningdek, "Qonun"da dutor, uning tuzilishi, sozlanishi va tovush qatorlari xususida ilk maʼlumotlar beradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |