Pekan
Pekan (Carya olivaformis Nutt. S.pecan), zaytunyongʻoq — yongʻoq-doshlar oilasi kariya turkumiga mansub yongoqmevali daraxt. Vatani — Shimoliy Amerika. Yovvoyi holda Shimoliy Amerikada usadi. Yevropaga 18-asrda keltirilgan. Qora dengiz boʻylarida, Ukrainada, Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda (1926-yildan boshlab) ekiladi. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Boʻstonliq filialida, Tojikiston Vaxsh tajriba styasida oʻstiriladi. Boʻyi 50 m gacha, diametri 2—2,5 m gacha boradi, 300 — 400 yil yashaydi. Tuproq namligiga talabchan, lekin doimiy namlikni yoqtirmaydi. Issiqqa va soyaga bardoshli. Sovuqqa yongʻoqqa nisbatan chidamliroq. 29—30° sovuqqa chidaydi. Barglari yirik, toq patsimon. May oyida yoki iyul boshlarida gullaydi. Changchi gullari kuchalalarida, oʻtgan yilgi nov-dalarda, urugʻchi gullari esa yosh novdalar uchida hosil boʻladi.
Mevasi soxta danak, yongʻoqchasi (3,5 — 8 sm) oktabr-noyabrda pishadi, magʻizi oqish, shirin, yongʻogʻining 45—60% ini tashkil etadi. Yongʻoqchasida 70% gacha moy va koʻp miqdorda oqsil, qand bor. Yongʻogʻidan va payvandlab koʻpay-tiladi. P. koʻchatlarini oʻtqazish va parvarish qilish usullari yongʻo/(nikiga oʻxshash. Oʻzbekiston sharoitida 10—12 yilda hosil qiladi. Har yili (20 yoshlisi 250 kg gacha) hosil beradi. Mevasi isteʼmol etiladi, qandolatchilikda, moyi oziqovqatda ishlatiladi. Yogʻochi oʻz xossalari jihatidan eman yogʻochidan qolishmaydi. R. R. Shreder nomidagi institutda P.ning Hosildor va Oʻzbekiston navlari yaratilgan.
P. manzarali oʻsimlik sifatida ham ekiladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sorta plodovix, subtropicheskix, orexoplodnix kultur i yagod, T., 1968; Ri-bakov A. A., Ostrouxova S.A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |