Kontent qismiga oʻtish

Ziji koʻragoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ziji ko`ragoniydan yoʻnaltirildi)

"ZIJI KOʻRAGONIY", "Ziji jadidi Koʻragoniy" ("Koʻragoniy yangi astronomik jadvali"), "Ulugʻbek ziji" — Samarqand yaqinidagi rasadxonada Mirzo Ulugʻbek rahbarligida yaratilgan (1437) ilmiy asar. Ikki boʻlimdan (batafsil yozilgan muqaddima va vaziyatlari elliptik sistemada berilgan 1018 ta yulduzning jadvalidan) iborat. Muqaddima 4 qismga ajratilgan. lqism — xronologiyada Sharq xalqlarining yil hisoblash usullari bayon qilingan. Arab, yunon, eron, xitoy va uygʻurlarda yil hisoblash tartiblari, bularning biridan ikkinchisiga oʻtish yoʻllari va u xalk,larning oʻziga xos milliy bayramlarini hisoblash usullari ifodalangan. 2qism amaliy astronomiya masalalariga bagʻishlangan. Bunda ekliptika va ekvator orasidagi burchakni aniklash, osmon jismlarining koordinatalarini topish usullari, meridian chizigʻini oʻtkazish, qibla azimutini aniqlash, geografik koordinatalarni topish, yil davomiyligini aniklash va osmon sferasida differensial oʻlchashlar oʻtkazish masalalari yoritilgan. 3qismda sayyoralarning koʻrinma harakatlari geotsentrik sistema asosida sharhlangan. 4qismda goroskop haqida maʼlumotlar (qarang Astrologiya) keltiriladi. "3. K."da keltirilgan yulduzlar jadvali Samarqandda olib borilgan kuzatishlar asosida tuzilgan. Jadval yulduzlar soni va kuzatishlarning originalligi jihatdan astronomiya tarixida Gipparx — Ptolemey jadvalidan keyin (2-asr) ikkinchi oʻrinda turadi. Optik asboblar ixtiro qilinguniga qadar tuzilgan zijlar orasida "3. K." eng mukammal hisoblanadi. Undan vaqtni aniklash va geografik koordinatalarni oʻlchashda, shuningdek, turli astronomik masalalarni hal qilishda 17-asrga qadar Sharqda va Yevropada foydalanib kelindi. Asarda boshqa jadvallar ham bor. 683 ta punkt uchun geografik koordinatalarni oʻz ichiga oluvchi jadval, asosan, turli manbalardan foydalanib tuzilgan. Sinus va tangeslarning trigonometrik jadvallari Samarqand olimlari ishlab chiqqan yangi usullar yordamida hisoblangan; ular oʻsha davrga qadar hisoblangan jadvallarga nisbatan ancha aniq.

"3. K." fors tilida yozilgan; keyinchalik, arab va turk tillariga tarjima qilingan. Ulugʻbekning shogirdi Ali Kushchi zij qoʻlyozmalarining keng tarqalishiga katta hissa qoʻshdi.

"3. K." Yevropada birinchi marta 1648-yilda (Angliya) nashr qilindi; keyinchalik, koʻpgina Yevropa tillariga tarjima qilindi. "3. K."ning qoʻlda koʻchirilgan nusxalari Angliya, Fransiya, Turkiya va Hindiston kutubxonalarida, fors tilida yozilgan eng eski nusxalaridan biri Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik intida saqlanadi.

  • Kari Niyazov T. N., Astronomicheskaya shkola Ulugbeka, Izbr. trudi, t. 6, T., 1967; Geveliy Ya n, Atlas zvyozdnogo neba, T., 1970.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil