Kontent qismiga oʻtish

Lyudmila Zikina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zikina Lyudmila Georgiyevnadan yoʻnaltirildi)

Lyudmila Georgiyevna Zikina (1929.10.6, Moskva — 2009.1.7) — rus xonandasi, Rossiya (1968), Oʻzbekiston (1980) xalq artisti, Mehnat Qahramoni (1987), professor (1989). Pyatnitskiy nomidagi Rus xalq xori (1947—51), Butunittifoq radiosi krshidagi Rus qoʻshigʻi xori (1951—60), Moskonsert (1960— 77)da yakka xonanda, "Rossiya" davlat akademik xalq ansamblining badiiy rahbari (1977-yildan), Rossiya madaniyat akademiyasi prezidenti (1992-yildan). Kuchli, nihoyatda boy va jozibali ovoz sohibasi. Ijrosi milliy mumtoz kuylash uslubini mukammal bilishi, yuksak mahorati, keng nafasi va alohida kuychanligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan rus xalq qoʻshiqlari ("Orenburg roʻmoli", "Uzoqlardan oqib kelmoqda Volga" va b.) keng oʻrin olgan. Yevropa, Osiyo (jumladan Oʻzbekistonda ham) va Amerika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda bulgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil