Kontent qismiga oʻtish

Zikri koʻli

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Zikri ko‘lidan yoʻnaltirildi)

Zikri koʻli
MamlakatOʻzbekiston Oʻzbekiston
RegionBuxoro viloyati
TumanQorovulbozor tumani
Hajmi0,08 km³
Tushuvchi daryoQarshi kollektori
Map
Zikri koʻli xaritada

Zikri koʻli — tabiiy suv rezervuari[1]. Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida joylashgan koʻl. Qorovulbozor vohasidan yigʻilgan oqova va zovur suvlari, shuningdek Qarshi kollektori suvlari qoʻshilib tabiiy chuqurlikka quyilishi natijasida 1990-yillarda hosil boʻlgan. Suv sigʻimi 0,08 km³. 2004-yilga qadar Zikri koʻli haqidagi maʼlumotlar adabiyotlarda uchramaydi[2]. Koʻlda oq sla (sudak) va ilonbosh kabi yirtqich baliqlar uchraydi[3].

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentyabrdan „2019—2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 694-son qaroriga muvofiq bir-biriga yaqin joylashgan Zikri, Xadicha va Devxona koʻllari hududida turistlar uchun ovchilik va baliqchilikni tashkil etish maqsadida Zikri koʻlining qirgʻogʻida 10 ta turistga moʻljallangan 2 ta kotej, sayohatchilar uchun magazin, oshxona va hojatxonani 2019—2020-yillarda qurib bitkazish rejalashtirilgan[1].

2022-yilgi maʼlumotga koʻra Zikri, Xadicha va Devxona koʻllar tizmasidagi 40 ming gektarli maydonda „Buxoroneftqurilish-montaj“ maʼsuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ovchilik xoʻjaligi faoliyat yuritib kelyapti[4].

  1. 1,0 1,1 „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentyabr „2019—2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 694-son qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  2. Абдуллаев 2004, s. ?.
  3. Raxmonov 2022, s. 71—82.
  4. Raxmonov 2022, s. 68—75.