Kontent qismiga oʻtish

Ziyo Naxshabiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ziyouddin Naxshabiydan yoʻnaltirildi)

Ziyo naxshabiy, Ziyouddin Naxshabiy (13a, oxiri, Qarshi yaqinidagi Naxshab sh.; hozirgi Shulliktepa1350, Hindiston, Badoyun sh.) — shoir. Fors va turkiy tilida ijod qilgan. Asarlarida insonparvarlik gʻoyalari talqin etilgan. Hindlar orasida mashhur boʻlgan "Toʻtining yetmish hikoyasi" asarini qayta ishlab, "Toʻtinoma" dostonini yaratgan (1330). Unda soflik, ezgulik, odoblilik, vafodorlik kabi insoniy fazilatlar ulugʻlangan, tubanlik kabi xususiyatlar qoralangan. (Asarning bir necha qoʻlyozma nusxalari OʻzFASHIda saqlanadi, inv. № 4666/4395). 3. N. "Lazzat unniso" ("Ayol lazzati"), "Juzviyot va kulliyot" ("Butun va boʻlaklar"), "Gulrez", "Silk ussuluk" ("Izlovchilar yoʻli"), "Sharhi surai Zabur" ("Zabur suralarining sharhi") va b. asarlar muallifi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil