Hakim Zohidov
Hakim Zohidovich Zohidov(1912. 18. 9 — Toshkent — 1978.7.10) — anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), tibbiyot fanlari doktori (1959), professor (1961), SamTI ni tugatgan (1935). SamTI (1942—45), Toshkent tibbiyot akademiyasi (1945—47) rektori, Oʻzbekiston Sogʻ-liqni saqlash vaziri (1947—51). Toshkent tibbiyot akademiyasi anatomiya kafedrasi mudiri (1956— 61), professor 1972-yildan Urta Osiyo Tibbiyot pediatriya institutida normal anatomiya kafedrasi mudiri. Markaziy nerv sistemasining ayrim sohalarini, odamning yoshiga xos tuzilishini oʻrgangan. Lotincha-oʻzbekcha-ruscha normal anatomiya lugʻati (T., 1964; A.A. Asqarov bilan birgalikda); Ruscha-oʻzbekchalotincha normal anatomiya lugʻatini (T., 1971; A. A. Asqarov bilan birgalikda) tuzgan. Gaz. va jurnallarda ocherk, hikoya, felyeton, sheʼrlari bilan qatnashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |