Kontent qismiga oʻtish

Zokir eshon Rustam Mehtar oʻgʻli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

ZOKIR ESHON (laqabi Zokirgov) Rustam Mehtar oʻgʻli (1824, Qoʻqon — 1898, Oʻsh) — qad. oʻzbek xalq teatri namoyandalaridan. Bidiyorshumning shogirdi. 19 a. 2 yarmida Qoʻqon oʻzbek professional aktyorlar toʻdasi ("Kasabai sozanda" uyushmasi)ning koror farmoni. Xalq ogʻzaki komediyalari ijodkori. "Xon hajvi", "Zarkokil", "Mozor" ("Avliyo"), "Sirkataroq azizlar", "Hoji kampir", "Farzand duosi", "Qalandarlar", "Kigiz oʻgʻrisi", "Xatna", "Attorlik" kabi 50 dan ortiq ogʻzaki komediya yaratgan. Komediyalarida kuchli ijtimoiy mavzu koʻtarilib, hayotning salbiy jihatlari fosh qilingan. Bosh qahramonlar obrazini koʻpincha oʻzi ijro etgan. Ya na q. Zokir eshon toʻdasi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil