Kontent qismiga oʻtish

Zuhriddin Nuriddinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zuhriddin Rasulevich Nuriddinov (1918.18.3-Toshkent-1988.22.11) -tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). Tarix fanlari doktori (1966), professor (1964). 2-jahon urush qatnashchisi (1941—1945). Oʻzbekiston Davlat Universitetining tarix fakultetini tugatgach (1939), Toshkent pedagogika institutida oʻqituvchi, dotsent (1952), umumiy tarix kafedrasi professor (1964), kafedra mudiri (1966), shu institut rektori (1971—1976), 1976-yildan kafedra mudiri, 1982—1988 yillarda professor maslahatchi. Ilmiy faoliyati Gʻarb mamlakatlarining eng yangi tarixi, tarixshunosligiga oid. Zuhriddin Nuriddinov Markaziy Osiyo hududida birinchi boʻlib Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari uchun oʻzbek tilida "Gʻarb mamlakatlarining eng yangi tarixi (1917—71)" darsligi hamda "Gʻarb mamlakatlari eng yangi tarixining tarixshunosligi (1917—1939)" oʻquv qoʻllanmasi muallifi. Toshkent shahridagi koʻchalardan biri Zuhriddin Nuriddinov nomi bilan atalgan (1990)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil