Kontent qismiga oʻtish

Twilight (toʻplam)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Twilight
Muallif Stephenie Meyer
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Janr Romantik, fentezi, yoshlar adabiyoti
Nashriyot Little Brown va Co
Yozilgan yili 2005-yil

Twilight“ — amerikalik yozuvchi Stephenie Meyerning koʻp qismli mashhur romani. Kitoblarning har biri vampirni sevib qolgan bosh qahramon Bella Swan ismli qiz bilan sodir boʻlgan voqealarni tasvirlaydi. Kitob 5 qismdan iborat boʻlib, barcha qism ham bestsellerlarga aylandi va dunyoning 37 tiliga tarjima qilingan (AST nashriyoti). 2010-yil holatiga koʻra, Twilight seriyasidagi kitoblarning umumiy sotuvi 116 million nusxadan oshdi[1][2]. Stephani Meyer oʻzining ushbu asar asosidagi kitoblar toʻplamini doston deb ataydi, garchi unda dostonga xos belgilari boʻlmasa ham[3].

Kitoblar seriyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgacha 2005-yildan 2020-yilgacha 5 ta film va 7 ta kitob rasman chiqarilgan. Soʻnggi kitobning bir nechta boʻlimlari (Yarim tunda quyosh(2020)) 2008-yilda Internetda tugallanmagan holda paydo boʻldi[4].

Mayer 2020-yil avgust oyida Twilight romanining 2 ta qoʻshimcha qismi ustida ishlayotganini maʼlum qildi. Muallif dastlab asl kitobni tugatgandan keyin bu hikoyalarni yozishni davom ettirish niyatida edi[5].

Twilight. 1-qism tafsiloti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bella Swan Arizona shtatining Feniks shahridan otasi bilan Forks, Vashingtonda yashash uchun koʻchib oʻtadi. Sabab otasi bilan onasi yoshligida ajrashgani uchun onasi sayohat qilishni sevadigan beysbolchiga turmushga chiqadi va onasi u bilan ketishi sabab Bella otasi bilan qolishga qaror qiladi. Forksga koʻchib oʻtgandan soʻng, Bella yuqori sinf oʻquvchilari maktabida beixtiyor sirli kelishgan bola Edward Cullenni yoqtirib qoladi va oxir-oqibat u inson emas, balki hayvonlar qonini ichadigan vampirlar oilasining bir aʼzosi ekanligini bilib oladi. Edward va Bella bir-birini sevib qolishadi va Vampirlarning boshqa urugʻidan boʻlgan yovuz vampir Jeyms Bellani ovlashga intiladi. Edward va boshqa Cullenlar Bellani himoya qiladilar. U Feniksga qochib ketadi va u yerda uni oʻldirmoqchi boʻlgan Jeymsga duch keladi. U ogʻir yaralanadi, ammo Edward uni qutqarishga ulguradi va ular Forksga qaytishadi.

Bella bilan birga boʻlsa unga ziyon yetishini oʻylagan Cullenlar oilasi va Edward ham Forksni tark etadi. Bella Edward ketganidan soʻng qattiq tushkunlikda yuradi va bu holdan qutulish uchun boʻriga aylanishi mumkinligini anglagan qadimgi Hindular qabilasidan boʻlgan Jacob Black bilan doʻstlashadi. Jacob va uning qabilasining boshqa boʻrilari doʻsti Jeymsning oʻlimi uchun qasos olmoqchi boʻlgan vampir Victoriadan himoya qilib yurishadi. Tushunmovchilik tufayli Edward Bella oʻlgan deb hisoblaydi. Edward Italiyaning Volterra shahrida oʻz joniga qasd qilishga qaror qiladi, lekin uni Edwardning singlisi Alice hamrohligi bilan Bella toʻxtatib qolishga ulguradi. Ular kuchli vampirlar klani Volturi bilan uchrashadilar va faqat yaqin kelajakda Bella vampirga aylanishi sharti bilan ozod qilinadilar. Bella va Edward yana birlashadi. U va Kallenlar yana Forksga qaytadilar.

Oy tutilishi.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vampir Victoria Cullenlar oilasiga qarshi jang qilish va qasos olish niyatida Bellani oʻldirish uchun „yangi tugʻilgan“ vampirlar armiyasini yaratadi. Ayni paytda, Bella Edward bilan munosabatlari yoki Jacob bilan doʻstligi oʻrtasida tanlov qilishga majbur boʻladi. Jacob ham Edwart singari Bellani sevgani sabab qiz undan voz kecha olmaydi. Bellaning iltimosiga koʻra Edwardning vampirlar oilasi va Jacobning boʻrilar toʻplami Victoria va uning vampirlar armiyasini yoʻq qilish uchun kuchlarini birlashtiradi. Oxir-oqibat, Bella Jacobning doʻstligidan koʻra Edwardning sevgisini tanlaydi va unga turmushga chiqishga hamda Vampirga aylanishga rozi boʻladi.

Bella va Edward turmush qurishadi, asal oyiga ketganlarida Bella noodatiy tarzda homilador boʻlib, ularning asal oyi qisqaradi. Chunki vampirdan nasl qolishi ilojsiz edi. Uning homilasi tez oʻsib boradi, uni juda zaiflashtiradi. U oʻzini va Edwardning yarim vampir, yarim inson qizi Renesmini dunyoga keltirgach, deyarli vafot etadi. Edward Bellaning hayotini saqlab qolish uchun unga oʻzining zaharni yuboradi va uni vampirga aylantiradi. Boshqa urugʻdan boʻlgan vampir Renesmini koʻrib qoladi va uni „oʻlmas bola“ deb adashadi. U Volturiga xabar beradi, chunki bunday mavjudotlarning boʻlishi vampirlar qonuniga zid edi. Cullenlar Renesmi oʻlmas emas, balki noyob inson va vampir bola ekanligini tasdiqlay oladigan vampir guvohlarini toʻplaydi. Keskin toʻqnashuvdan soʻng, Cullenlar va ularning guvohlari Volturilarni bolaning vampirlar yoki ularning qonunlari uchun xavf tugʻdirmasligiga ishontirishadi va Volturi ularni tinch qoʻyadi. Qizchani boʻri bola Jacob oʻz himoyasiga oladi va boʻrilar qabilasi Cullenlar bilan doʻst boʻlib qolishadi.

Bree Tannerning qisqa umri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitobning bu qismining davomiyligi „Tutilish“ voqealari bilan bir vaqtda sodir boʻladi. Kitob yangi qabul qilingan vampir Bree Tannerning qisqa umri haqida hikoya qiladi. Shu bilan birga yangi tugʻilganlar armiyasidan biri, uning atrofida Cullenlarga qilingan hujum, oʻz navbatida, „Tutilish“ syujeti aylanadi.

Roman qahramonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism
Bella Swan
Charlie Swan
Renee Dwyer
Billy Black
Tyler Crowley
Lauren Mallory
Mike Newton
Jessica Stanley
Angela Weber
Eric Yorkie
Jason Jenks
Emily Young
Angela Weber
Ism
Edward Cullen
Renesmi Cullen
Carlisle Cullen
Esme Cullen
Alice Cullen
Emmett Cullen
Rosalie Cullen
Jasper Hale
Volturi
Victoria
James coven
Laurent
Bree Tanner
Ism
Jacob Black
Sam Uley
Quil Ateara V
Embry Call
Paul Lahote
Jared Cameron
Leah Clearwater
Seth Clearwater
Collin Littlesea va Brady Fuller
Ephraim Black

Twilight romani asosidagi filmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda „Twilight“ romani suratga olindi. Rejissyor Ketrin Hardvik. Melissa Rozenberg Stephani Meyer kitobi asosida ssenariy yozgan, Karter Byorvell bastakor sifatida xizmat qilgan. Edward va Bella rollarini Robert Pattinson va Kristen Stewart[6] ijro etgan.

Birinchi kitob asosida suratga olingan filmning katta prokatidan soʻng, „Yangi oy“ va „Oy tutilish“ kitoblarini ham suratga olishga qaror qilindi. Biroq, Summit Entertainment Ketrin Hardvikning xizmatlaridan voz kechishga qaror qildi va Yangi Oyning suratga olinishini Chris Weitz boshqargan. Aktyorlar tarkibi oʻzgarishsiz qoldi. Filmning chiqish sanasi 2009-yil 20-noyabr[7].

Filmning jahon premyerasi 2010 -yil 30-iyunda boʻlib oʻtdi[8].

Tong otishi ikki qismga boʻlingan:Twilight:Tong otishi — 1-qism(11/17/2011-yilda chiqarilgan) va Twilight: Tong otishi — 2-qism(11/15/2012-yil chiqarilgan))[9].

Film Reliz sanasi Rejissor(lar) Ssenariychi(lar) Produser(lar)
Twilight 21-noyabr, 2008-yil Catherine Hardwicke Melissa Rosenberg Greg Mooradian, Mark Morgan va Wyck Godfrey
The Twilight Saga: New Moon 20-noyabr, 2009-yil Chris Weitz Wyck Godfrey va Karen Rosenfelt
The Twilight Saga: Eclipse 30-iyun, 2010-yil David Slade
The Twilight Saga: Breaking Dawn Part 1 18-noyabr, 2011-yil Bill Condon Wyck Godfrey, Karen Rosenfelt va Stephenie Meyer
The Twilight Saga: Breaking Dawn Part 2 16-noyabr, 2012-yil
  1. Gorkie slezi Kristen Styuart — 1 Iyulya 2009 — Twilight Russia. Sayt dlya poklonnikov Sumerechnoy sagi
  2. New star authors made, old ones rediscovered in 2008 — USATODAY.com
  3. Pochemu „Sumerki“ nazivayutsya sagoy?
  4. Stephenie. „Midnight Sun“ (en-US). Stephenie Meyer (2008-yil 28-avgust). Qaraldi: 2022-yil 4-aprel.
  5. A. B. C. News. „Stephenie Meyer says more 'Twilight' books are planned“ (en). ABC News. Qaraldi: 2022-yil 4-aprel.
  6. „IMDb - Twilight“. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-iyul.
  7. „IMDb - Сумерки. Сага. Новолуние“. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-iyul.
  8. „Режиссёр и дата выхода“. 2009-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-iyun.
  9. „Студия Summit официально разделила «Рассвет» (eng)“. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-iyul.