Kontent qismiga oʻtish

Mahbub ul-qulub

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Mahbub ul-qulub"dan yoʻnaltirildi)

„Mahbub ul-qulub“ („Koʻngillarning sevgani“) 1500-yilda Alisher Navoiy tomonidan yozilgan asardir. Asar oʻzaro bogʻliq 3 qismdan iborat. 1-qism 40 fasl (bob) ni oʻz ichiga oladi. Bunda muallif oʻz davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq hislatlar tafsiloti berilgan. 3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla oʻzaro qofiyadosh. Asarning sajda yozilishi unga alohida badiiy nafosat bagʻishlagan. Asarga baytlar, ruboiylar kiritilib, ular ulugʻ shoir va mutafakkirning hayot haqidagi xulosalarini mujassamlashtirgan. Mahbub ul-qulub Alisher Navoiy asarlari tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Uning turli vaqtda koʻchirilgan bir qancha qoʻlyozmalari Toshkent, Sankt-Peterburg, Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil