Kontent qismiga oʻtish

Merkuriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Merkuriy"dan yoʻnaltirildi)
Merkuriy ☿
Merkuriy (MESSENGER surati)
Mehvar tasnifi
O'rtacha radius69 816 927 km
Ekssentrisiteti0,20530294
Aylanish davri 87,969 sutka
Sinodik davri115,88 sutka
Eng kichik orbital tezligi38.86 km/s
O'rtacha orbital tezligi47.87 km/s
Eng katta orbital tezligi58.98 km/s
Chekinish3,38°
Tabiiy yo'ldoshlar soni0
Fizik tasnif
Ekvatorining diametri4879.4 km
Maydoni7.5×107 km2
Massasi3.302×1023 kg
O'rtacha zichlik5.427 g/sm3
tortish kuchi3.701 m/s2
Aylanish davri-58.6462 sutka
Ekliptikaga og'ish burchagi0.01°
Albedo0,10-0.12
Ikkinchi kosmik tezlik4,25 km/s
Sirtidagi Harorat
min.*o'rta.maks.
90 K340 K700 K
(*Minimal harorat bulut qatlamining eng ustiga oid.)
Atmosfera tasnifi
Atmosfera bosimiJuda past
Kaliy31,7 %
Natriy24,9 %
A Kislorod9,5 %
Argon7 %
Geliy5,9 %
M Kislorod5,6 %
Azot5,2 %
Karbon dioksidi3,6 %
Suv3,4 %
Vodorod3,2 %

Merkuriy yoki Utorid (Atorid)(arab.) — Quyosh tizimidagi Quyoshga eng yaqin sayyora. Merkuriy Quyosh chiqishi oldidan va botgandan soʻng uning yaqinida koʻrinadi. Merkuriyning diametri 4865 km; massasi 3,304–1023 kg; Oʻrtacha zichligi 5,52 g/sm3. Merkuriyning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 0,387 astronomik birlikka (58 mln. km), Quyosh atrofidagi ekssentrisiteti ye=0,206 ga teng Merkuriyning Quyosh atrofida aylanish davri 88 sutka. Orbital harakatining tezligi 47,9 km/sek. M. satxida ikkinchi kosmik tezlik 4,3 km/sek, koʻrinma sferik albedosi Ak=0,058. Quyoshdan oʻrtacha uzoklikdagi temperaturasi; Quyosh zenit da boʻlganda T=618 K; nadirda esa G<250 K. Quyoshdan eng uzok, masofada boʻlganda yorugʻligi —0,3 dan + 0,6 gacha yulduz kattaligida. Merkuriy Quyoshdan 28° uzoqlashgani uchun uni kuzatish qiyin, shuning uchun kechki payt yoki erta tongda kuzatiladi. Bu vaqtda Merkuriy fazasi deyarli 90° ga teng boʻlib, kuzatuvchiga uning yoritilgai yarim doirasi koʻrinadi. Yuzasida qora, oqish dogʻlar va kucheiz atmosfera (SO, O, O2) borligi aniqlangan. Atmosfera tarkibida azot N va argon Ag boʻlishi mumkin. Merkuriyning tabiiy yoʻldoshi mavjud emas.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil