Kontent qismiga oʻtish

Kaliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Káliy / Kalium (K)
Atom raqami 19
Koʻrinishi Oqish-kumush rang
yumshoq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
39,0983 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 235 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
418,5(4,34) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 4s1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 203 pm
Ion radiusi (+1e)133 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
0,82
Elektrod potensiali -2,92 В
Oksidlanish darajasi 1
Termodinamik xossalari
Zichlik 0,856 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,753 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 79,0 Vt/(m·K)
Erish harorati 336,8 K
Erish issiqligi 102,5 kJ/mol
Qaynash harorati 1047 K
Qaynash issiqligi 2,33 kJ/mol
Molyar hajm 45,3 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik markazlashgan
Panjara davri 5,230 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 100,00 K
19
Kaliy
K
39,0983
[Ar]4s1

Kaliy — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall, tartib raqami 19, atom massasi 39,0983. Ikkita barqaror izotop — 3"K(93,259 %), 4|K(6,729 %), shuningdek, radioaktiv izotop 40K(T|/2= 1,32- 10"-yil)dan iborat. Ingliz fizigi va kimyogari Kaliy Devi 1807-yilda Kaliy gidroksid (KON)ni elektroliz qilib, Kaliy metalini oldi va uni potassiy deb atadi. 1809-yildan u „kaliy“ deb atala boshladi. Kaliy kimyoviy jihatdan faol metall, tabiatda sof holda uchramaydi. Minerallar (mas, dala shpati, slyuda, silvinit, karnallit, kainit, alunit va boshqalar) tarkibida uchraydi. Kaliy inson va hayvon organizmi uchun muhim biogen elementlardan hisoblanadi. Kaliy tabiatda keng tapqalgan, Yer poʻstidagi miqdori ogʻirlik jihatidan 2,41 %. Suyuqlanish temperaturasi 63,51°, qaynash temperaturasi 76G, zichligi 862,9 kg/m3. Birikmalarda bir valentli, atom radiusi 0,2313 nm, ion radiusi (qavsda koordinatsion son keltirilgan) K+ 0,151 nm (4), 0,152 nm (6), 0,160 nm (7), 0,165 nm (, 0,178 nm (12). Kumush kabi oq, yumshoq, yengil metall. Kaliyni presslash, pichoq bilan kesish mumkin. Havoda tez oksidlanadi (qizdirilganda yonadi); shuning uchun Kaliy kerosin, benzin yoki mineral moyda saqlanadi. Suv bilan reaksiyaga kirishib, Kaliy gidroksid (KON), vodorod bilan birikib, Kaliy gidrid (KN), metallar bilan intermetall birikmalar (mas, Na2K) hosil qiladi. Sanoatda Kaliy KON yoki KCI ga Na metali taʼsir ettirish usuli bilan olinadi. Suyultirilgan KON yoki KS1 dan elektroliz usuli bilan ham Kaliy olish mumkin. Kaliy birikmalari fotoelementlar tayyorlashda, sintetik kauchuk, shisha, sovun va b. i.ch.da, oʻgʻit sanoatida, yadro texnikasida, tibbiyotda ishlatiladi.

Kaliy birikmalari. Kaliy gidroksid (uyuvchi kaliy), KON — rangsiz kristall modda, kuchli ishkrr. Suyuqlanish temperaturasi 380°, qaynash temperaturasi 1325°, zichligi 2,044 g/sm3. Gigroskopik modda. Suvda eruvchanligi 49,4 % (0° da), etanolda 27,9 % (28° da), metanolda 35,5 % (28° da). Kaliy kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Suyuq sovun va kaliyning boshqa birikmalarini olishda, ishqoriy akkumulyatorlarda, H2S, SO2 va SO2 ga adsorbent, NH3 N2O, RN3 va b. uchun qurituvchi sifatida qoʻllanadi.

Kaliy oksid, K2O — rangsiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 740°; zichligi 2,32 g/sm3. Havoda SO2 ni yutib K2SO3 ga aylanadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, KON hosil qiladi. Spirt va efir bilan taʼsirlashadi.

Kaliy kaliyga KON, K2O2, KNO2 yoki KNO3 taʼsir etgirib olinadi.

— KNO2+3K=2K2O+1/2N2; 3KN3+KNO2=2K2O+5N2K.o. — maxsus shishalar komponenti, NH3 sintezida faollovchi modda sifatida qoʻllanadi.

Kaliy xlorat, Bertolle tuzi, KS1O3 — xlorat kislota (NSYU3)ning kaliyli tuzi. Rangsiz kristall modda, zichligi 2,32 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 356°. Suvda oz eriydi. Qizdirilganda parchalanadi va kislorod ajralib chiqadi. Organik moddalar va fosfor taʼsirida portlaydi. Zaharli. Gugurt sanoatida, pirotexnikada va tibbiyotda ishlatiladi.

Kaliy sianid, KCN — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 634,5°; zichligi 1,56 g/sm3. Suv, glitserin, formalin, metanol va suyuq ammiakda eriydi. Etanolda yomon eriydi, uglevodorodlarda erimaydi. KON taʼsir ettirib olinadi. Maʼdanlardan oltin va kumushni ajratib olishda, analitik kimyoda kumush, nikel va simob miqdorini aniqlashda, platinani kumushdan ajratib olishda ham galvanik usulda oltin va kumush yugurtirishda qoʻllanadi. Oʻta zaharli, nafas yoʻllari toʻqimalarini falaj qilib qoʻyishi natijasida odam va hayvonlarning boʻgʻilib qolishiga olib keladi.[1]

Natriy-kaliy nasosi sxemasi
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil