Kontent qismiga oʻtish

Kremniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kremniy(Si)
Atom raqami 14
Koʻrinishi Amorf holatda -
jigarrang kukun,
kristall holatda — toʻq kul rang,
yaltiroq
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
28.0855 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 132 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
786.0(8.15) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ne] 3s2 3p2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 111 pm
Ion radiusi 42 (+4e) 271 (-4e) pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1.90
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 4, −4
Termodinamik xossalari
Zichlik 2.33 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 19.8 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 149 Vt/(m·K)
Erish harorati 1688 K
Erish issiqligi 50.6 kJ/mol
Qaynash harorati 2623 K
Qaynash issiqligi 383 kJ/mol
Molyar hajm 12.1 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 5.430 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 625.00 K
14
Kremniy
Si
28,085
3s23p2

Kremniy (Silicium), Si — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 14, atom massasi 28,0855. Uchta barqaror izotopi bor: 28Si (92,27%), MSi (4,68%) va 30Si (3,05%). Kremniy kisloroddan soʻng tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Yer poʻstining massasi jihatidan 27,6% ini tashkil etadi. Tabiatda birikmalar [koʻpincha kremniy (1U)-oksid SiO2" qumtuproq va silikatlar] qoʻlida boʻladi. Kremniy SiO2 holida oʻsimlik va xayvon toʻqimalarida ham uchraydi. Sof Kremniyni ilk bor 1911-yil fransuz kimyogari Kremniy Kremniy Gey-Lyussak va Kremniy Kremniy Tevarlar ajratib olishgan. Kremniy — kulrang, kumushdek yal-tiroq modda. Amorf va kristall holda boʻladi. Kristall holdagi Kremniyning suyuqlanish temperaturasi 1423° (suyuqlanganda hajmi 9% ga kamayadi), qayvash temperaturasi 3249°, zichligi 3,33 g/sm³- Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,8, at. radiusi 0,133, ion radiusi (qavslarda koordinatsion sonlar keltirilgan) 0,040 nm (4), 0,054 nm (6), diamagnetik. Oddiy sharoitda Kremniy moʻrt modda, 8000" dan yuqorida plastik holatga oʻtadi. Kimyoviy birikmalarda, asosan, toʻrt valentli, inert, qizdirilsa faolroq holatga oʻtadi. Odatdagi temperaturada faqat ftor bilan birikadi. Yuzasida himoya pardasi (oksid parda) hosil boʻlishi sababli Kremniy yuqori haroratda ham barqaror boʻladi.

Kremniy 400° dan yuqorida kislorod taʼsirida SiO2 gacha oksidlanadi. Kislotalar taʼsiriga chidamli, faqat nitrat va ftorid kislotalar aralashmasi bilan reaksiyaga kirishadi. Kremniy ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, vodorodni ajratib chiqaradi va silikatlar hosil qiladi:Si+2NaOH+H2O=Na2SiO3+2H2T.

300—500° da galogenlar bilan birikib galogenidlar (SiX4 yoki SinX2n+2), 600° da oltingugurt bugʻlari taʼsirida disulfid (SjS2)hh beradi, 600° dan yuqorida u monosulfid (SiS)ra aylanadi. Kremniy yuqori temperaturada koʻpgina metallar bilan birikib, silitsidlar hosil qiladi. Amorf holdagi Kremniy koʻp miqdordagi turli gazlarni eritish xossasiga ega. Masalan, Kremniy vodorod bilan qattik, eritma (47 at.% N2) beradi. SiO2 Kremniy ning eng oddiy va barkaror birikmasidir. Amorf holdagi SiO2 silikat kislota hosil qiladi.

Sanoatda texnik Kremniy 1800° da qumtuproqni koks bilan, uta sof holdagi Kremniy esa kremniy tetraxloridni 1200—1300° da oʻta sof qoddagi vodorod yordamida qaytarib olinadi. Ozroq miqdordagi Kremniyni Na2SiF6 yoki K^Gʻ^eritmalarini elektroliz qilish usuli bilan olish mumkin. Kremniy — elektronikada asosiy yarimoʻtkazgich metallaridan biri. Uning asosida tayyorlangan asboblar 200° temperaturagacha chidaydi. Kremniy intefal sxemalar, diodlar, tranzistorlar, quyosh batareyalari, fotopriyomniklar, yadro fizikasida dedektorlar va turli linzalar tayyorlashda ishlatiladi. Kremniy va uning birikmalari kremniyorganik hosilalar, silitsidlar olishda qoʻllanadi. Kremniy— biogen element. U inson, hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur. Odam organizmida Kremniy yetishmasa, uning koʻzi ogʻriydi, tish emali yemiriladi, tirnoq yupqalashib, sinuvchan boʻladi, teri, soch oʻzgaradi.

Rustam Marupov. UZBEKISTAN

Kremniy — unsurlar davriy jadvalining 14 unsuri, metallmas.