Kontent qismiga oʻtish

Ishqoriy metallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishqoriy metallar - Mendeleyev davriy sistemasining birinchi gu-ruhi asosiy guruhchasini tashkil etadigan elementlar: litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy. Ular S-elementlardir. Atomlarining tashqi energetik pogonasida bittadan elektron boʻladi. Kimyoviy birikmalarda oksidlanish darajasi +1 ga teng .

Barcha Ishqoriy metallar — asl metallar, kuchli qaytaruvchilar. Ular kimyoviy jihatdan faol boʻlib, deyarli barcha metallmaslar bilan bevosita birikadi. Birikmalarda, asosan, ionli bogʻlanish hosil boʻladi. Tartib raqamining ortishi va ionlanish energiyasining kamayib borishi bilan Ishqoriy metallarning metallik xossalari maʼlum qonuniyat asosida Davriy sistemaning har qaysi davri (birinchidan tashkari) shu elementlardan boshlanadi. Bu elementlar kislorod bilan birikib, R2O oksidlarni hosil qiladi. Oksidlari suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, ROH asoslarini beradi.

Ishqoriy metallarningvodorodli birikmalari gidridlar boʻlib, RH formulaga mu-vofiq keladi. Barcha gidridlar ok, kristall moddalardir. Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi — 1 ga teng[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil