Kontent qismiga oʻtish

Nilufar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
("Nilufar"guli haqidadan yoʻnaltirildi)

Nilufar (Nelumbo) — nilufardoshlarga mansub suvda oʻsadigan koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Ikkala yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida va tropiklarda 2 turi — guli pushti yongʻoqchali N. (N.nicifera) va sariq N. (W.lutea) oʻsadi. Bargi yirik, qalqonsimon, bandi uzun, suv betida qalqib turadi yoki suvdan yuqori koʻtarilib oʻsadi. Guli yakka, yirik, ikki jinsli, diametri 16 sm gacha boradi, oq yoki pushti, xushboʻy, bargi ustida ochiladi.

Mevasi konussimon, koʻp yongʻoqchali, suv ostida yetiladi. N. urugidan yoki ildizpoyasidan koʻpayadi. Unib chiqqanidan keyin 3-yili gullaydi. Hindiston va Xitoyda pushti N. qadimdan muqaddas oʻsimlik hisoblanadi. N.ning madaniy shakllari koʻp. N.ning poyasi, barglarida vitamin S va kauchuk, bandi va novdalarida zaharli modda — nelyumbin bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil