Shoʻroi islom
Qiyofa
("Shoʻroi islom"dan yoʻnaltirildi)
"SHOʻROI ISLOM" — siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy gazeta. "Shoʻroi islomiya" jamiyatining nashri. 1917-yil 16-mayda Toshkent shahrida haftada 2—3 marta chop etilgan. Muharriri A. Battol. Gaz.da Ismoil Obidiy, Nushervon Yovushev, Olim Boyburov, Munavvarqori Abdurashidxonov, Shokirjon Rahimiy va boshqalar ziyolilar faol qatnashgan. Gaz.ning asosiy maqsadi aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat boʻlgan. Gaz. 1917-yil iyunda moddiy muammolar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Gaz.ning 2 ta soni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar boʻlimida saqlanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |