Àngel Rangel Zaragoza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Àngel Rangel Zaragoza (ispancha: Àngel Rangel Zaragoza; 28-oktabr 1982-yil, San-Karlos de la Rapita, Ispaniya) — ispaniyalik futbolchi, oʻng qanot himoyachisi hisolanadi[1].

Àngel Rangel Zaragoza Futbol
Umumiy ma'lumotlar
To`liq ismi

Àngel Rangel Zaragoza

Tug`ilgan

28-oktabr 1982-yil(1982-10-28) (39yosh)
San-Karlos-de-la-Rapita, Ispaniya

Fuqaroligi

Flag Ispanii Ispaniya

Bo`yi

188 cm

Vazni

83 kg

Pozitsiyasi

Hujumchi

Klubdagi faoliyati
2001—2003 Flag Ispanii Tortosa ? (?)
2003—2004 Flag Ispanii Reus Deportiu ? (?)
2004—2005 Flag Ispanii Gerona 24 (0)
2005—2006 Flag Ispanii Sant-Andreu 33 (5)
2006—2007 Flag Ispanii Terrassa 34 (2)
2007—2018 Flag Anglii Suonsi City 328 (9)
2018—2020 Flag Anglii Queens Park Rangers 41 (2)

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anxel Kataloniyaning Tarragona viloyatining Sant-Karlos de la Rapita shahrida tugʻilgan, u mahalliy klublarda oʻynagan Tortosa, Reus Deportio, Jirona, Sant Andreu, Terrassa Ispaniyaning quyi ligalarida oʻynagan[2]. 2007-yilning yozida u Angliyaning „Suonsi City“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[3]. Oʻshanda jamoani Anxelning hamyurti Roberto Martines boshqargan[4]. „Suonsi“ Citybilan birinchi mavsumida Anxel 24 yillik tanaffusdan soʻng klubning chempionatga qaytishida katta rol oʻynagan. 2007-yil 27-noyabrda Rangel klub uchun birinchi golini urdi, bu „Xartlpul United“ ga qarshi oʻyinning sakkizinchi daqiqasida sodir boʻlgan. Anxel ikkinchi golni ikki hafta oʻtib „Sautend United“ darvozasiga kiritgan. Mavsum oxirida Anxel FA Futbol Ligasining Yilning eng yaxshi jamoasiga saylangan. 2008-yilning 5-sentabrida Anxel klub bilan 2010-yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzolagan[5].

Rangel keyingi yillarda ham klubda katta rol oʻynashda davom etdi va 2010-yil fevral oyi oʻrtalarida shartnomasini 2011-yil iyunigacha uzaytirgan. 2010—2011-yilgi mavsum Anxel va „Suonsi“ uchun yaxshi boʻldi. Klub pley-off finalida „Reding“ni 4:2 hisobida magʻlub etib, oʻz tarixida birinchi marta Premer-ligaga chiqgan[6].

Premer-ligaga koʻtarilgach, Anxel yangi uch yillik shartnoma imzolagan[7]. 2011-yil noyabr oyida Anxel Premer-liganing eng yaxshi himoyachisi deb topilgan.

Rangel Premer-ligadagi ilk golini 2012-yilning 25-avgustida „ Vest Xem United“ ga qarshi oʻyinda kiritgan. 2013-yil 8-mart kuni klub bilan 2016-yilgacha yangi shartnoma imzolagan[8].

2018-yil 15-avgustda Rangel Queens Park Reynjers jamoasiga qoʻshilgan. 2018-yilning 24-noyabrida u „Stok City“ga qarshi oʻyinda dubl qayd etib, klubdagi ilk gollarini raqib darvozasiga kiritgan.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rangel Uels fuqaroligini olish uchun ariza berdi, ammo u mamlakatda 5 yil davomida taʼlim olmagani uchun rad etildi[9].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Swensea City“

  • Angliyaning birinchi futbol ligasi: 2007-2008
  • Futbol Liga kubogi: 2012-2013

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubog Boshqa Jami
Divizion O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol
Gerona 2004-2005 Segunda B 24 0 1 0 25 0
Jami 24 0 1 0 25 0
Sant-Andreu 2005-2006 Segunda B 33 5 0 0 33 5
Jami 33 5 0 0 33 5
Terrassa 2006-2007 Segunda B 34 2 1 0 35 2
Jami 34 2 1 0 35 2
Swensea City 2007-2008 Liga 1 43 2 5 0 4 0 52 2
2008-2009 Chempionship 40 1 6 0 46 1
2009-2010 Chempionship 38 0 2 0 40 0
2010-2011 Chempionship 38 2 2 0 3 0 43 2
2011-2012 Premer-liga 34 0 1 1 35 1
2012-2013 Premer-liga 33 3 4 0 37 3
2013-2014 Premer-liga 30 0 0 0 9 0 39 0
2014-2015 Premer-liga 27 0 2 0 0 0 29 0
Jami 266 8 22 1 16 0 321 9
Umumiy hisob 357 15 24 1 16 0 414 16

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Angel Rangel. Premier League. Data obraщeniya: 17-yanvarya 2015. Arxivirovano 14 marta 2013 goda.
  2. Ángel Rangel Zaragoza // As (Wayback Machine saytida 2022-02-17 sanasida arxivlangan(isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  3. Àngel Rangel Zaragoza // Enciclopèdia de l’esport català (kat.) — Grup Enciclopèdia Catalana, 2012.
  4. Ángel Rangel // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  5. „Rangel signs fresh Swansea deal“. BBC Sport (5-sentabr 2008-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2008-yil.
  6. „Reading 2 – 4 Swansea“. BBC Sport (30-may 2011-yil). 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2011-yil.
  7. „Angel Rangel signs three-year extension deal at Swansea“. BBC Sport (28-iyun 2011-yil). 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2011-yil.
  8. „Defender Angel Rangel extends Swansea City contract until 2016“. BBC Sport (8-mart 2013-yil). 2013-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2013-yil.
  9. „Swansea City defender Angel Rangel ineligible for Wales“. BBC Sport (2012-yil 13-iyul). 2020-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyul.