Kontent qismiga oʻtish

Çifte Minareli madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Çifte Minareli madrasasi (forscha: مدرسه اسلامی جفت مناره) Turkiyaning Erzurum viloyati, Arzirum shahridagi Saljuqiylar davriga oid meʼmoriy yodgorlik. 1265-yildan bir necha yil oldin ilohiyot maktabi sifatida qurilgan[1]. U oʻz nomini "Egizak minorali" madrasasi, monumental fasadini oʻrab turgan ikkita naysimon minoradan olgan.

Çifte Minareli madrasasining Sivasdagi Gök madrasasiuchun namuna boʻlganligi taxmin qilinmoqda. Peshtoqdagi yozuvga koʻra, u 1271-yilda Saljuq sultoni Alouddin Kayqubod I ning qizi Xudavand xotun tomonidan qurilgan. Madrasaning Buruciye madrasasiga ham taʼsiri boʻlishi mumkin.

Madrasaning sharqiy kirish eshigi va ikkita minorali bezakli gʻisht va koshindan yasalgan ulkan toshli koʻrinishi ajoyib sanʼat asari deya baholanadi

Kirishning har ikki tomonida panno mavjud. Oʻng tomonida ikki boshli burgut rasmi tasvirlangan. Chap tarafdagi naqsh tugallanmaganga oʻxshaydi.

  1. J. M. Rogers, „The Çifte Minare Medrese at Erzurum and the Gök Medrese at Sivas: A Contribution to the History of Style in the Seljuk Architecture of 13th Century Turkey“ Anatolian Studies, Vol. 15. (1965), p. 85.