Kontent qismiga oʻtish

Şakirin masjidi

Koordinatalari: 41°00′47″N 29°01′28″E / 41.01306°N 29.02444°E / 41.01306; 29.02444
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Şakirin masjidi
turkcha: Şakirin Camii
Şakirin masjidi
Mamlakat  Turkiya
Hudud Istanbul
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Loyiha muallifi Semiha Şakir fondi
Meʼmor Hüsrev Tayla, Zeynep Fadıllıoğlu
Binokorlik sanasi 2009 7-may
Soʻngi imom Hüseyin Kutlu
Bino maydoni 10,000 m2 (110,000 sq ft)
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 35 m (115 ft)
Holati amaldagi

Şakirin masjidi (turkcha: Şakirin Camii) – Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan masjid. Bino Üsküdardagi tarixiy Karacaahmet qabristoniga kiraverishda joylashgan. Bino Semiha Şakir fondi tomonidan İbrahim Şakir va Semiha Şakir xotirasiga bagʻishlab qurilgan va 2009-yilning 7-mayida foydalanishga topshirilgan[1].

Şakirin masjidining meʼmori Anqaradagi Kocatepe masjidi va meʼmoriy konservatsiya ishlari bilan tanilgan Hüsrev Tayla boʻlgan. Binoning interyer dizayneri Semiha Şakirning jiyani Zeynep Fadıllıoğlu boʻlgan[2], shuningdek, gazeta xabarlariga koʻra, u masjidlarning interyer dizayni bilan shugʻullangan birinchi ayol dizayner, shuningdek, zamonaviy Turkiyada masjid dizaynini yaratgan birinchi ayol boʻlgan[3][4].

Şakirin masjidining qurilish ishlari toʻrt yil davom etgan. Bino 10 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Masjidning har biri 35 metr balandlikdagi ikkita minorasi va gumbazi mavjud. Gumbazning ichki qismidagi kalligrafiya yozuvlari Semih İrtesh tomonidan ishlangan. Namozxonaning uch tomonidagi katta derazalar Orhan Koçan tomonidan loyihalashtirilgan. Minbar Tayfun Erdoğmuş tomonidan ishlab chiqilgan. Dekorativ naqshlar Koʻniya sultonligi meʼmorchiligiga asoslangan holda ishlangan. Katta, assimetrik qandilda Nahide Büyükkaymakçı tomonidan yasalgan suv tomchisi shaklidagi shisha globuslar mavjud boʻlib, Allohning nuri namozxonlarga yomgʻir kabi yogʻishi kerakligi haqidagi duoni aks ettiradi[5]. Hovlidagi favvora William Pye tomonidan ishlab chiqilgan[6].

  1. „Türkiye'nin En Modern Camii İbadete Açıldı“. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
  2. „Bu Camide Ayak Kokusu Olmayacak“.
  3. „Zeynep Fadillioglu: First woman to design a mosque in Turkey“. Womensagenda.com.au (2013-yil 4-iyun). 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-iyun.
  4. "Mosque Modern". The Christian Science Monitor. 3 August 2009. http://www.csmonitor.com/2009/0803/p17s01-algn.html. 
  5. Strickland, Carol. „Mosque Modern.“ Christian Science Monitor, 3 August 2009. http://www.csmonitor.com/2009/0803/p17s01-algn.html Retrieved 25 September 2009.
  6. „Üsküdar, Türkiye'nin En Modern Camisine Kavuştu“. 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.

41°00′47″N 29°01′28″E / 41.01306°N 29.02444°E / 41.01306; 29.02444