Əbülfət Əliyev
Əbülfət Əliyev | |
---|---|
Tavalludi | 30-dekabr 1926 |
Vafoti | 27-dekabr 1990 |
Janrlar | muğam, milli opera, xalq mahnıları |
Fuqaroligi | SSSR va Ozarbayjon |
Abulfat Asad oʻgʻli Aliyev – mugʻom va opera ijrochisi, Ozarbayjon SSR xalq artisti (1964-yil).
Seyid Shushinskiy, Xon Shushinskiy, Musa Shushinskiy kabi sanʼatkorlarini muxlisi boʻlgan. Bokuga 19 yoshida kelgan. Ozarbayjon davlat filarmoniyasining solisti boʻlib, oʻsha davrning taniqli xonandalari bilan konsertlar bergan. Uning repertuaridan „Dina bilmadim“, „Bu gala, dashli qala“, „Ay Pari“, „Endim bulag bashina“, „Bulbullar gazar baghi“, „Tel nazik“, „Sachlari burma“, „Gel-gel“, „Xal yanaghinda“, „Gara gozlum“ va jami 400 dan qoʻshiqlar joy olgan. 1971-yilda Moskvada boʻlgan Butunjahon musiqa kongressida qatnashgan xonanda yuksak ijro mahorati uchun YUNESKOning koʻkrak nishoni va diplomi bilan taqdirlangan va Aliyevning chiqishlari Butunittifoq radiosi orqali efirga uzatilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Arxivlənmiş surət“. 2020-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.